O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


B2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan -



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

B2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan - 
Hukumatga)
Model B2G - biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlar
modeli front - office и back - office front - office и back - office. 
Davlat deganda turli davlat tuzilmalari tushunilishi 
kerak. Ularga armiya, milliy gvardiya, xavfsizlik organlari,
sud, Oliy Majlisi va boshqalar kiradi. 
Davlat sektoriga turli darajadagi ta’lum muassasalar: mak-
tablar, bolalar bog‘chalari va oliy ta’lim muassasalar kiradi. 
Davlat 
sog‘liqni 
saqlash 
tashkilotlari: kasalxonalar, 
klinikalar, tibbiy markazlar. 
Madaniy va ilmiy muassasalar : fanlar akademiyalari, 
kutubxonalar, muzeylar va teatrlar va boshqalar. 
Shunday qilib, B2G savdolari – tovar va xizmatlarni sotadi-
gan kompaniyalarning mijozi davlat muassaslari bolib, davlat 
tuzilmalarning ehtiyojlari uchun biznes-yechimlarni ishlab 
chiqarish va taqdim etish jarayoni. Har qanday tashkilot singari, 
davlat ham tovarlar va xizmatlarni sotib oladi va sotib olish uchun 
byudjetning eng katta egasi bo‘lib, ushbu bozor munosabatlari 
qoidalarini o‘rnatishda tashabbuskordir. Ijtimoiy soha muvaffa-
qiyatli rivojlanishi va gullab-quvvatlashi uchun unga sinchkovlik
bilan tanlangan yetkazib beruvchilar va sotuvchilar murojaat qi-
ladigan tovarlar yoki xizmatlar kerak.
 


145 
B2G modelidagi munosabatlar shakllari
Asosan, B2G sektorida davlat idoralari bilan biznes 
aloqalarining quyidagi tizimlari ajratilgan: 

Hukumat tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berishga 
bo‘lgan talablari. 

Ijara ko‘rinishdagi o‘zaro aloqalari - ijaraga olish uchun 
korxona binosi so‘ralganda.

Uskuna lizingi - kompaniyaning uskunalarini lizingga ber-
ish to‘g‘risida shartnoma tuzilganda.

Xususiy - davlat sherikchilik. 

Konsessiya shartnomalari. 
B2G asosiy vositasi sifatida davlat, mahalliy hokimiyat 
organlari (hokimiyatlar), boshqa davlat organlari va idoralari 
ehtiyojlari uchun sotib olinadigan haridlar. 
Davlat xaridlari o‘ta murakkab tartibga soluvchi qonunlar bi-
lan tavsiflanadi. Davlat muassasalarining barcha xaridlari alo-
hida respublika va mahalliy qonunlar, ayrim vazirlik va idoralarn-
ing qoidalari va tavsiyalariga asoslanadi. Har bir davlat xaridlari 
yuqorida aytib o‘tilgan barcha qonunlar va tavsiyalarga javob ber-
ishi kerak. 
B2G-ning yana bir vositasi bu xususiy - davlat sheriklik - 
ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni o‘zaro manfaatli sha-
roitlarda hal qilishda davlat va biznesning o‘zaro munosabatlarn-
ing shakli hisoblanadi. Investitsiyalashning yangi obyektlariga 
biznesning qiziqishi ortayotgan bir paytda, davlat ijtimoiy 
ahamiyatga ega muammolarni hal etishda biznes subyektlaridan 
moliyaviy yordam va ko‘mak oladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin