O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

O ‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1.
Tashkilotning biznes modeli nimani tavsiflaydi ?
 
2.
Tashkilotning biznes modellarida qanday subyektlar 
qatnashadi? 
3.
Elektron tijoratningtashkil etilish modelini aytib o‘ting. 
4.
B2B modelning mohiyati nimadan iborat? 
5.
B2B model tizimlarining turlarini aytib o‘ting. 
6.
B2B model ishlatiladigan saytlar turlarini aytib o‘ting. 
7.
B2C modelining mohiyati nimada? 
8.
B2C va B2B sotish texnikasi o‘rtasidagi farqlar qanday ? 
9.
B2C modelini qanday amalga oshirish mumkin ? 


153 
10.
B2G modelining mohiyati nimada? 
11.
B2G modelidagi o‘zaro munosabatlar shakllari qanday? 
12.
G2C modelining mohiyati nimada? 
13.
C2B modelining mohiyati nimada? 
14.
C2C modelining mohiyati nimada? 
15.
C2G modelining mohiyati nimada? 
16.
Elektron tijorat bozorining biznes modellari qanday? 
 
2.5. Elektron tijorat tizimlari va shakllari
2.5.1. Elektron tizim savdo
Elektron tijorat tizimlarining funksional imkoniyatlari ular-
ning egasiga va u ko‘zlagan maqsadlarga qarab sezilarli darajada 
farq qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, tizim foydalanuvchilari uchun 
mavjud protseduralar va uning yordami bilan hal qilinishi mumkin 
bo‘lgan vazifalar farq qilishi mumkin. Bu holda, Internet-texnolo-
giyalarning hozirgi rivojlanish darajasi keng imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan ko‘p maqsadli elektron maydonchalarni hamda mah-
sulotni namoyish etish va buyurtmalarni rasmiylashtirish kabi 
asosiy tijorat jarayonlarni amalga oshirilisini ta’minlovchi 
elektron savdo tiziminlarni yarata oladi. 
Shuning uchun, ko‘p hollarda kompaniyalar faoliyatida el-
ektron tijorat tizimlarini joriy etish faqat oqilona yondashuvga 
bog‘liq va texnologiya nuqtai nazaridan deyarli cheksizdir. 
Elektron tijorat tizimlarini tashkil etish shakli jihatidan 
umumiy 
va 
korporativ 
bo‘lishi mumkin . 
Elektron tijoratning
umumiy tizimlari 
sifatida B2C segmen-
tidagi Internet – do‘konlar bo‘lishi mumkin. Bu elektron tijorat 
tizimlari Internet-do‘konning egasi va iste’molchi o‘rtasida sama-
rali o‘zaro aloqasi uchun axborot muhitini yaratadi. Bunday say-
tlarning asosiy afzalligi bilimli joylashuvi va siljitish siyosati
evaziga doimiy ravishda kengayib boradigan mahsulotlar katalogi 
va ko‘plab doimiy mijozlar tufayli keng mijozlar bazasi. 
Umumiy elektron tijorat tizimlari B2B segmentida deyarli 
mavjud emas, chunki ushbu segmentning o‘ziga xos xususiyat-
lariga bog‘liq. Korporativ elektron tijorat tizimlari, aksincha, B2B 


154 
segmentida eng keng tarqalgan. Bunday elektron tijorat tizimlari 
katta hajmdagi xaridlarga ega bo‘lgan yirik mijozlarga qaratilgan, 
ularning egalari tovarlar va xizmatlarning keng assortimentini 
taqdim etadilar. Ular nafaqat elektron tijorat texnologiyalaridan 
mustaqil ish jarayoni sifatida foydalanishga, balki ular bilan 
asosiy biznes operatsiyalarini kuchaytirishga, mijozlar bazasini 
kengaytirishga, sotishni ko‘paytirishga va mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish uchun moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytirishga 
imkon beradi. Bundan tashqari, korporativ elektron tijorat 
tizimlari ko‘pincha tashkilot mijozlariga axborot yordamini 
taqdim etadilar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin