Axborot xavfsizligi


Yolg‘on marshrutni kiritish



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/197
tarix26.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#136178
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197
61b762c5e6d666.07483815

 
Yolg‘on marshrutni kiritish.
Ma’lumki, zamonaviy global tarmoqlari bir-
biri bilan 
tarmoq uzellari
yordamida ulangan tarmoq segmentlarining majmuidir. 


46 
Bunda 
marshrut
deganda ma’lumotlarni manbadan qabul qiluvchiga uzatishga 
xizmat qiluvchi tarmoq uzellarining ketma-ketligi tushuniladi. Marshrutlar 
xususidagi 
axborotni 
almashishni 
unifikasiyalash 
uchun 
marshrutlarni 
boshqaruvchi maxsus protokollar mavjud. Internetdagi bunday protokollarga yangi 
marshrutlar xususida xabarlar almashish protokoli – ICMP (Tarmoqlararo 
boshqaruvchi xabarlar protokoli) va marshrutizatorlarni masofadan boshqarish 
protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli) misol bo‘laoladi. 
Marshrutni o‘zgartirish xujum qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak narsa 
emas. Xatto oxirgi obekt haqiqiy bo‘lsa ham marshrutni axborot bari bir yolg‘on 
xostdan o‘tadigan qilib qurish mumkin. 
Marshrutni o‘zgartirish uchun xujum qiluvchi tarmoqqa tarmoqni 
boshqaruvchi qurilmalar (masalan, marshrutizatorlar) nomidan berilgan tarmoqni 
boshqaruvchi protokollar orqali aniqlangan maxsus xizmatchi xabarlarni jo‘natishi 
lozim. Marshrutni muvaffaqiyatli o‘zgartirish natijasida xujum qiluvchi 
taqsimlangan tarmoqdagi ikkita obekt almashadigan axborot oqimidan to‘la 
nazoratga ega bo‘ladi, so‘ngra axborotni ushlab qolishi, taxlillashi, 
modifikasiyalashi yoki oddiygina yo‘qotishi mumkin. Boshqacha aytganda, 
taxdidlarning barcha turlarini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. 
Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan
xujumlar – 
DdoS (Xizmat qilishdan taqsimlangan voz kechish) kompyuter jinoyatchiligining 
nisbatan yangi xili bo‘lsada, qo‘rqinchli tezlik bilan tarqalmoqda. Bu xujumlarning 
o‘zi anchagina yoqimsiz bo‘lgani etmaganidek, ular bir vaqtning o‘zida masofadan 
boshqariluvchi yuzlab xujum qiluvchi serverlar tomonidan boshlanishi mumkin. 
Xakerlar tomonidan tashkil etilgan uzellarda DDoS xujumlar uchun uchta 
instrumental vositani topish mumkin: trinoo, TribeFloodNet (TFN) va TFN2K. 
Yaqinda TFN va trinooning eng yoqimsiz sifatlarini uyg‘unlashtirgan yana bittasi 
stacheldraht ("tikon simlar") paydo bo‘ldi.
2.1-rasmda xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan xujum vositalarining 
xarakteristikalari keltirilgan.


47 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin