48
III bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIGA OID XALQARO VA
MILLIY ME’YORIY-XUQUQIY BAZA
3.1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid halqaro standartlar
Xavfsizlik
standartlarining
asosiy
maqsadi
axborot
texnologiyalari
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va kvalifikatsiyalash bo’yicha
ekspertlar orasida o’zaro aloqani yaratish hisoblanadi.
Ishlab
chiqaruvchilar
uchun
standartlar
axborot
mahsulotlarining
imkoniyatlarini taqqoslash uchun zarur. Undan tashqari standartlar axborot
mahsulotlari xususiyatlarini obyektiv baholash mexanizmi hisoblanuvchi
sertifikatsiyalash muolajalari uchun zarur.
Iste’molchilar
ehtiyojlariga muvofiq axborot mahsulotini asosli tanlashga
imkon beruvchi usulga manfaatdordurlar. Buning uchun ularga xavfsizlikni
baholash shkalasi zarur.
Axborot texnologiyalari mahsulotlarini kvalifikatsiyalash bo’yicha ekspertlar
standartlarni
ularga
axborot
texnologiyalari
mahsulotlari
tomonidan
ta’minlanuvchi xavfsizlik darajasini baholashga imkon beruvchi instrument
sifatida qabul qiladilar.
Dostları ilə paylaş: