31
4. 1-jadval
MHT da hisoblanadigan asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zaro nisbati
9
Ko‘rsatkichlar
Shartli
belgilar
Miqdor
1
2
3
1.
Yalpi ichki mahsulot
- amortizatsiya
YaIM
A
100
12
2.
Sof ichki mahsulot
- biznesdagi egri soliqlar
SIM
t
88
5
3.
Milliy daromad
- ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari;
- korporatsiya
daromadlariga soliqlar;
-korporatsiyalarning
taqsimlanmaydigan
daromadlari;
+ transfert to‘lovlari
MD
IST
KDS
KTD
TR
83
8
3
2
18
4.
Shaxsiy daromad
- individual soliqlar
ShD
IS
88
10
5.
Ixtiyordagi shaxsiy daromad
IShD
78
MHTning barcha asosiy ko‘rsatkichlari
yil davomida iqtisodiy
faoliyatning natijalarini joriy yil narxlarida aks ettiradi va shuning uchun
ular
nominal
ko‘rsatkichlar
hisoblanadi.
Ammo
nominal
ko‘rsatkichlardan o‘zaro mamlakatlar yoki bitta mamlakatning turli
davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini qiyoslash uchun
foydalanish mushkul, chunki ular narxlar darajasi ta’siri ostida bo‘ladi.
Bunday qiyoslashni faqatgina o‘zgarmas (solishtirma yoki bazis)
narxlarda hisoblangan real ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarishning real hajmi
va daromadning real darajasi) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shu
sababli nominal va real (narx darajasi o‘zgarishidan xolos bo‘lgan)
ko‘rsatkichlarni alohida o‘rganish va
ularni tushunib olish muhim
ahamiyatga ega.
Nominal YaIM
– bu joriy narxlarda, ya’ni ushbu yil narxlarida
hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib, u qiymat ko‘rsatkichi
hisoblanadi va
shuning uchun narxlar darajasining o‘zgarishi uning kattaligiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Nominal YaIMga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi:
1)
ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi;
2)
narxlar darajasining o‘zgarishi.
9
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
32
Real YaIMni hisoblash uchun esa nominal YaIMni unga ta’sir
etuvchi narxlar darajasidan «xolos etish» lozim bo‘ladi.
Real YaIM
– bu qiyosiy narxlarda, ya’ni o‘zgarmas yoki bazis yil
narxlarida hisoblangan yalpi ichki mahsulotdir. Bunda bazis yil qilib
istalgan yilni olish mumkin, ya’ni tanlangan bazis yil joriy yildan oldin
ham, undan keyin ham bo‘lishi mumkin (masalan, 2000 yil uchun real
YaIMni hisoblash uchun 2018 yil narxlari bazis yil qilib olinishi mumkin
yoki aksincha. 2018 yil uchun 2000 yil narxlari
bazis yil deb qabul
qilinadi). Shunday qilib, real YaIM quyidagicha aniqlanadi:
Real YaIM = (Nominal YaIM / YaIM deflatori) x 100%
Dostları ilə paylaş: