39
ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar kim uchun
mo‘ljallangan?
Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadi hayotning yuqori
«sifati»ni ta’minlash, ham butun jamiyat (mamlakatning barcha
fuqarolari) uchun, ham uning ayrim qatlamlari,
jumladan, ijtimoiy
himoyaga ob’ektiv sabablarga ko‘ra muhtoj fuqarolarning hayotiy
sharoitlarini yaxshilashdir.
Demak, moddiy ishlab chiqarishni modellashtirib, rejalashtirib va
nihoyat boshqarib ijtimoiy masalalarni yechish kerak, aks holda ijtimoiy
tanglik nafaqat iqtisodiyotning, balki butun jamiyatning, mamlakatning -
«organizmi»ni buzadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tizimni alohida emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy
tizimni, mamlakatning ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalarini birgalikda
ko‘rib chiqish kerak.
Yuqoridagilarni
hisobga olib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni, ijtimoiy-
iqtisodiy tizimda o‘zgarib, natijada ham jamiyat, ham alohida qatlamlar,
aholi guruhlari va har bir insonning hayotini ta’minlaydigan moddiy,
ijtimoiy va ma’naviy ne’matlar paydo bo‘ladigan katta tizim sifatida
tasavvur etish mumkin.
Tizimli yondashuv asosida ijtimoiy-iqtisodiy tizimga kirishda
ijtimoiy-iqtisodiy tizim faoliyat olib borishi va rivojlanishiga ta’sir
etuvchi bir nechta unsurlarni ajratish mumkin:
-
jahon tizimi,
uning holati, rivojlanish istiqbollari, mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga ta’sir etuvchi asosiy tavsiflari;
-
tabiiy resurslar va hayvonot dunyosining mavjudligi va sifati;
-
insonlarning ma’lumot darajasi va sog‘lig‘i (insoniy salohiyat);
-
ilmiy-texnik salohiyat (sun’iy tabiat);
-
insonlar yashaydigan muhitning, atrof-muhitning holati;
-
ichki
va tashqi siyosiy tartiboti;
-
mamlakatda hukmron ahloqning darajasi;
-
diniy omil va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: