50
R
I
6. 4-rasm. Investitsiyalar va foiz stavkasi
o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi
14
Bulardan tashqari,
avtonom
(daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan
– autonomous investment) va
indutsirlangan
(kattaligi daromad darajasi
bilan aniqlanadigan – induced investment) investitsiyalar mavjud. Keyns
o‘z
tahlilida faqatgina
avtonom
investitsiyalarni ko‘rib o‘tgan.
6.6. Keynscha modelda milliy ishlab chiqarishning
muvozanat hajmi
AD–AS chizmasi orqali aks ettirilgan
yalpi talab va yalpi taklif
grafiklari, ularning muvozanatga erishgandagi holatlari ko‘rib o‘tilgan
edi. Bunday ko‘rinishdagi tahlil narxlar darajasi egiluvchan bo‘lgandagi
uzoq muddatni ko‘rib o‘tgan klassik modelga xosdir. Keynscha model
iqtisodiyotni qisqa muddatda ko‘rib
chiqib tahlil etgan va unga
narxlarning qattiq bo‘lishi xarakterli bo‘lganligi bizga ma’lum. Shuning
uchun keynscha modelni tahlil etish uchun AD-AS grafigining ilgarigi
chizmasi endi mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Eslatib o‘tamiz,
uni tasvirlashda
vertikal o‘qqa narxlar darajasi, gorizontal chiziq bo‘ylab esa milliy ishlab
chiqarishning real hajmi belgilangan edi.
Keynscha makroiqtisodiy modelda muvozanat o‘rnatilishini tadqiq
etish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar tushunchalarini kiritish
kerak bo‘ladi, ular o‘z o‘rinda o‘zaro teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqiy
xarajatlar (E) – haqiqatda uy xo‘jaliklari (C - iste’mol xarajatlari) va
firmalar (I - investitsion xarajatlar) tomonidan
qilingan xarajatlardir,
ya’ni, ikki sektorli modelda:
14
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
I
C
E
51
Haqiqiy xarajatlar egrisi
bissektrisa
(45
0
ga teng chiziq)ni aks
ettiradi, chunki haqiqiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lib,
ushbu chiziqning har qanday nuqtasi bu shartga mos keladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar egrisi musbat
qiymatga ega qiyalikni aks
ettiradi (qiyalik burchagi iste’molga chekli moyillik kattaligi bilan
aniqlanadi – MRS), bu qiyalik koordinatalar o‘qi boshidan boshlanmaydi,
chunki daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan avtonom iste’mol (S)
doimo mavjud bo‘ladi. Natijada qiyalikda xochni hosil qilamiz, shuning
uchun model
«Keyns xochi»
nomini olgan («Keynesian cross»). Aytib
o‘tish kerakki, o‘zining mashhur
kitobida Keyns grafiklardan
foydalanmagan. Oddiy Keyns modelining grafik talqini ilk bor Nobel
mukofoti laureati Pol Samuelson
tomonidan uning mashhur
«Ekonomiks» deb nomlangan kitobida taklif etilgan.
Dostları ilə paylaş: