Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
 


56 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning 
mohiyatini tushuntirib bering. 
2.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada 
va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada? 
3. Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni 
ta’minlovchi mexanizmga izoh bering. 
4. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli va AD-AS modelini 
taqqoslang. 


57 
7-BOB. 
PUL-KREDIT SEKTORINING 
IQTISODIY TAHLILI 
 
7. 1. Pul-kredit siyosatining maqsadi, maqsadli ko‘rsatkichlari 
va asosiy yo‘nalishlari 
7. 1. 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari 
 
Pul-kredit siyosati – bu pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini 
tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir.
Pul-kredit siyosatining ikki asosiy turi mavjud: 
1. Restriktsion pul-kredit siyosati.
2. Ekspansionistik pul-kredit siyosati.
Restriktsion pul-kredit siyosati deganda, odatda, muomaladagi pul 
massasining o‘sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati 
tushuniladi.
Restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank 
quyidagi usullardan foydalanadi: 
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi 
oshiriladi; 
– tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan 
qayta sotib olish sharti bilan sotiladi; 
– Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli 
bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb 
etiladi; 
– Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul 
mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini cheklashga qaratilgan 
operatsiyalarni amalga oshiradi.
Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda muomaladagi pul 
massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to‘lovga qobil 
talabni rag’batlantirishga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi.
Ekspansionistik pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy 
bank quyidagi usullardan foydalanadi: 
– Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat 
banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi
– tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank 
tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar 
miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi.


58 
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; 
– tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan 
qayta sotish sharti bilan sotib olinadi; 
– Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul 
mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan 
operatsiyalarni amalga oshiradi.
V. Rudko-Silivanov, N. Kuchina, M. Jevlakova hammuallifligida 
chop etilgan o‘quv qo‘llanmada pul-kredit siyosatining quyidagi strategik 
maqsadlarining mavjudligi e’tirof etiladi: 
– baholar barqarorligini ta’minlash; 
– to‘liq bandlikka erishish; 
– ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash; 
– to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash
17
.
Bu erda pul-kredit siyosatining asosiy strategik maqsadi – milliy 
valutaning barqarorligini ta’minlash e’tirof etilmagan holda, ishlab 
chiqarish real hajmining o‘sishini va to‘lov balansining muvozanatini 
ta’minlash uning strategik maqsadi sifatida qayd etilmoqda.
S. Moiseevning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining quyidagi to‘rtta 
strategik maqsadlari mavjud: 
– baholar barqarorligi; 
– milliy valutaning barqarorligi; 
– mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; 
– muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sish
18
.
R. Miller va D. Van-Xuzning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining 
ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning 
yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; inflatsiyaning past va barqaror 
darajada bo‘lishiga erishish
19
.
Ushbu iqtisodchi olimlar haqli ravishda e’tirof etadilarki, Markaziy 
bankning pul-kredit siyosati yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlashi ishsizlik 
darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa, Hukumat iqtisodiy 
siyosatining strategik maqsadlaridan biri bo‘lgan ishsizlikning past va 
barqaror darajasini ta’minlash maqsadiga mos keladi.
17
Рудко-Силиванов В.В., Кучина Н.В., Жевлакова М.А. Организация деятельности Централного 
банка. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2011. - С. 32-33. 
18
Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и практика. Учебное пособие. – М.: 
Московская финансово-промышленная академия, 2011. - С. 218. 
19
Миллер Р.Л., Ван-Хуз Д.Д. Современние деньги и банковское дело. Пер. с англ. – М.: ИНФРА-
М, 2000. – С. 645-646. 


59 
O. Namozov pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari sifatida 
moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va to‘lov balansining 
barqarorligini ko‘rsatadi
20
.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin