Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
7.4.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-
kredit tahlili 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit sohasini 
tadqiqot qiluvchi mutaxassislari biror-bir mamlakatga xos bo‘lgan tizimiy 


70 
va institutsional xarakterga ega bo‘lgan muayyan muammolarga duch 
kelishadi.
-Pul aylanish tezligining tez-tez o‘zgarib turishi. 
-Tijorat banklari orasida raqobatning yo‘qligi.
-Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi. 
-Pul va moliya bozorlarining mavjud emasligi.
-Foiz stavkalari sohasidagi muammolar. 
-Depozit va kredit stavkalari orasidagi katta farq.
-Davlat sektorining moliyalashtirishga katta ehtiyojlari. 
 
7.4.4. Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni 
bashoratlash. Pul taklifini bashoratlash 
PKBIning moliyaviy dasturlashni amalga oshirishdagi asosiy vazifasi 
belgilangan inflatsiya sur’atlari va YaIMning real o‘sish sur’atini 
ta’minlovchi 
pul 
taklifi 
bilan 
pulga 
talab 
darajalarini 
muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Pulga talab bashorati PKBI 
belgilangan pul massasi hajmiga erishish maqsadida boshqaruv 
vositalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarurdir.
Pulga talab bashorati 
Pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularni 
iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog‘lash uchun asos bo‘lib pul-
kredit sharhi (PKSh) xizmat qiladi.
PKShning asosiy ayniyati quyidagicha yoziladi: 
NFA+NDC=M2-OIN, 
bu yerda: 
M2
– keng ma’nodagi pul massasi, ya’ni tor ma’nodagi pul 
massasi (
M1
) bilan kvazi pullar (
QM
) yig‘indisi; 
NFA
– sof xorijiy 
aktivlar; 
NDC
– sof ichki kreditlar
OIN
–boshqa sof moddalar.
PKBIning muhim vazifalaridan biri yuqorida keltirilgan 
o‘zgaruvchilarning talabga javob beradigan va kutilayotgan boshqa 
makroiqtisodiy o‘zaruvchilarga mos keluvchi kelgusidagi miqdorlarini 
bashoratlashdir. Bu yo‘lda birinchi muhim qadam sifatida pulga talabni 
bashoratlash hisoblanadi.
Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan 
birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bo‘lish orqali 
hisoblanadigan pul aylanish tezligining oxirgi o‘zgarishlarini 
ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.


71 

Agar pul aylanish tezligi oxirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan 
bo‘lsa yoki qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda 
bashorat davri uchun pul aylanish tezligini baholash mumkin. Shu tarzda 
aniqlangan pul aylanish tezligining miqdoriga asoslanib inflatsion kutish 
va foiz stavkalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish mumkin.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin