91
P
G
– davlat tomonidan o‘rnatilgan narxlar darajasi;
Y
S
– yalpi taklif;
Y
D
– yalpi talab;
Y
D
va Y
S
o‘rtasidagi farq – bu tovarlar
tanqisligini ifodalovchi
kattalik.
9.5. Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
Inflatsiya xarajatlari.
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:
1)yalpi talabning ortishi
;
2)
yalpi taklifning kamayishi
.
Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra
inflatsiyani ikki turga ajratadilar:
a) talab inflatsiyasi
b) xarajatlar inflatsiyasi.
Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y)
nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar
tezligi odatda o‘zgarmas
kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar
taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng
qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining
ortishi qisqa muddatda
ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i
yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri
chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib
keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining
ortishi
bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi
o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: