113
11-BOB.
TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI
11.1. To‘lov balansining mohiyati.
Mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha xalqaro iqtisodiy
faoliyati, shu jumladan tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi
uning to‘lov balansida o‘z aksini topadi.
To‘lov balansida mamlakatning turli mamlakatlar bilan xalqaro
savdo va moliyaviy sohada amalga oshirilgan operatsiyalari aks ettirilgan
bo‘lib, unda mazkur mamlakatning yil
davomida boshqa mamlakatlar
bilan barcha iqtisodiy bitimlar (transaksiyalar)i bitilgan bo‘ladi.
Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valutalarni ayirboshlash bilan
kuzatiladigan oldi-sotdi
jarayoni hisoblanar ekan, yakuniy hisobda
mamlakatning jahon bozoridagi faoliyatining natijalari xorijiy valutaning
tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Bir tomondan xorijdan tushadigan
barcha
tushumlarni, boshqa tomondan – mamlakatning xorijga barcha
to‘lovlarini ko‘rsatuvchi
hujjatga
Dostları ilə paylaş: