ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC
JOURNAL
2022
№ 3
351
mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks taʼlim va
bilimlarga muhtoj bo‘ladi.
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida
tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash,
rassom
sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda STEAM-taʼlim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda
va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga
asoslangan. Bunday taʼlimning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro
muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunda ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar
almashadi.
Shuning uchun, asosiy taʼlim dasturiga quyidagilar Lego- texnologiyalar, bolalar
tadqiqotlari
kabi
mantiqiy
fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi.
-
STEAM (S-fan, T-texnologiya,
E-muhandislik, A-canʼat, M - matematika) - ilm-fan,
texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga
quyidagicha yordam beradi:
-
Muammolarni
keng qamrovli tushunish;
-
Ijodiy fikrlash;
-
Muhandislik yondashuv;
-
Tanqidiy fikrlash;
-
Илмий методларни тушуниш ва қўллаш;
-
Dizayn asoslarini tushunish.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va
shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish
qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini
rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish
asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini
taʼminlaydi.
O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish yondashuvida bolalar o‘z qo‘llari
bilan yaratgan
ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini
"rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija
bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada
barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin
va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan
ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha,
stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va
rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni taʼminlaydigan jamoada
tarbiyachilar va ularning
do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich
maktab yoshidagi STEAM taʼlimi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-
sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi
ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va
dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar,
lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par
binolarni qurish,