Hisobni soddalashtirilgan shakl bo'yicha yuritishga o'tishga
qaror
qilgan korxona arizasi qondirilganidan so'ng daviat soliq xizmati organiga
belgilangan shaklga ko'ra xo'jalik operatsiyalarini
hisobga olish daftarini
ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etadi.
Daviat soliq xizmati organi xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish
daftarining birinchi sahifasida ariza imzolangan sanani qayd qiladi.
Xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga O'zbekiston Respub
likasining amaldagi m e’yoriy hujjatlariga binoan
belgiiangan hisobot bilan
muomala qilish qoidalari tegishli bo'ladi.
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo'llanishdan voz ke-
chish va soliqqa tortishning belgilanmagan
tizimiga qaytish navbatdagi
taqvimiy yil boshidan boshlab daviat soliq xizmati organiga tegishli arizani
takvimiy yil tugallanishiga 15 kun qolishidan
kechiktirmasdan berilgani
holda amalga oshirilishi mumkin.
Daviat soliq xizmati organining soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimiga o'tishni rad qilish haqidagi qarori ustidan
belgilangan tartibda
shikoyat qilinishi mumkin.
Yagona soliqni to'lashdan soliqqa tortishning bundan oldingi tizimiga
o'tish yil davomida amalga oshirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: