4 – mavzu: O`qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja


Muloqot asosida ma`naviy madaniyatni shakllantirish



Yüklə 236,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix26.11.2023
ölçüsü236,41 Kb.
#136411
1   2   3   4   5
3 ámaliy

 
3. Muloqot asosida ma`naviy madaniyatni shakllantirish 
mezonlari va omillari 
Inson o`z qadr-qimmatini va o`zligini umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya 
jarayonida anglay boshlaydi. Ta`lim muassasalarida o`qituvchi tomonidan o`zaro 
muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o`quvchilarda muloqot 
orqali ma`naviy madaniyatni shakllantirish 
mezonlari
(O.Musurmonova) 
ifodalangan:

har bir insonning qiziqishlarini ko`ra bilish, his etish va hurmat qilish; 

milliy-ma`naviy madaniyat manbalarini o`rganish, o`zligini anglashga ehtiyoj; 

inson hayotida mehnatning o`rnini to`g`ri tushunish;

insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e`tiqod, milliy qadriyatlarni e`zozlash; 

Vatanga muxabbat, sadoqat, o`z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan 
yuqori qo`ymaslik;

ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, 
sahovatli bo`lish.
O`qituvchi ta`lim-tarbiyaviy jarayonda o`quvchilar ma`naviy madaniyatini 
shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat 
birligini ta`minlashi taqozo etiladi. Ma`naviy ong o`quvchining dunyoqarashi, bilimi, his-
tuyg`usi, idroki, irodasi va diqqatining majmuasi bo`lib, u o`qituvchining pedagogik 
mahorati negizida ta`lim-tarbiyaviy faoliyat asosida shakllantiriladi. O`z navbatida ong 
ham faoliyatga ta`sir ko`rsatadi va uni tartibga soladi.
O`quvchilarning tarbiyaviy muhitda uyushtirilgan ma`naviy faoliyatda ma`naviy 
madaniyat muammolarini erkin, ongli va adolatli echa olishga intilishi ta`minlanishi 
kerak. O`qituvchi bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quvchi ongli ravishda o`z 
munosabatlarini bildirishga, to`g`ri xulosa chiqara olishga, milliy g`urur asosida ularni 
avaylashga, asrashga, sevishga, umrboqiyligini ta`minlashi ma`naviy burchi ekanligi 
o`rgatiladi.


Ma`naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta`lim-tarbiya tizimini 
ma`naviy muhit, ma`naviy faoliyat va ma`naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar 
asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni 
samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o`qituvchining muloqoti asosida 
o`quvchilar ma`naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta`sir etuvchi quyidagi 
omillar
ham muhim ahamiyatga ega:
1.
O`quvchi ma`naviy faoliyat asosida o`zligini anglashni shakllantirish uchun 
ma`lum bir muhitda ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. 
Harakatsiz muhit va faoliyat bo`lishi mumkin emas. Shuning uchun o`quvchilar ma`naviy 
madaniyatini shakllantirish samaradorligini 
ma`naviy harakat omili 
ta`minlaydi. 
2.
Ma`naviy qadriyatlarning mohiyati, ma`naviy-axloqiy tajriba, o`qituvchining 
ta`sirchan nutqiy muloqoti vositasida o`quvchilar ongiga singdiriladi. 
Nutqiy aloqalar
tarbiya jarayoni ob`ektlari va sub`ektlari orasida kechadi va o`quvchi ma`naviy 
madaniyatini shakllantiruvchi 
omil 
bo`lib xizmat qiladi. O`quvchining xulq namunasi, 
ma`naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o`qituvchi va o`quvchining muloqoti 
asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi. 
3.
Ma`naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta`sirlanish va amaliy 
faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tarilishini ta`minlab, 
o`quvchi ma`naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada takomillashtirish 
ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o`qituvchi va o`quvchi) doimiy 
ijodkorlikni talab qiladi. 
Ijodkorlik
– milliy-ma`naviy qadriyatlar asosida o`quvchi 
ma`naviy madaniyatini shakllantirishda 

Yüklə 236,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin