II BOB. CHO‘LLARDA HAYVONLARNING TARQALISHI
VA YASHASH SHAROITLARI
2.1. Cho‘l mintaqasining geografik va ekologik tavsifi
Cho‘l mintaqasining boshqa yashash mintaqalaridan asosiy farqia-
rini va xususiyatlarini
tavsiflash uchun, dastlab cho‘l tushunchasiga
berilgan ta’riflarni tahlil qilish zarur. Bugungi kunda soha olimlari-
ning “cho‘l tushunchasi”ga nisbatan qarashlari va yondashuvlari har
xil va shu sababli choMga berilgan ta’riflar ham bir xil ma’noga ega
emas. Jumladan, cho‘lga berilgan ba’zi ta’riflarda cho‘ldagi iqlimiy
xususiyatlar (harorat, namlik), boshqalarida esa o‘simlik va hayvonot
dunyosi asos qilib olingan. Yer yuzining turli kengliklarida joylash
gan cho‘llar o‘zaro o‘xshash bo‘lmagan ekologik xususiyatlari
bilan
ham faqrlanadi va bu holat cho‘llarga yagona ta’rif berishni murak-
kablashtiradi.
Tadqiqotchi M.P.Petrov (1973) cho‘lni doimiy yoki mavsumiy is
siq iqlim sharoitiga ega bo‘lgan, juda tarqoq va fitotsenozlari tarki
bida turlar soni kamligi bilan xarakterlanuvchi Iandshaft tipi sifatida
ta'riflaydi. A.G.Boboyev va Z.G.Freykinlar (1982) cho‘lni quruq va
issiq iqlimli, namlik juda kam va nisbatan siyrak o‘simliklar qop-
lamiga ega bo‘lgan keng tabiiy hudud sifatida ta’riflaydilar. Cho‘l
uchun nafaqat namlikning yetishmasligi,
balki namlikning yilning
turli mavsumlarida juda notekis taqsimlanishi ham xosdir. Cho‘lda
tuproqdagi namlikka nisbatan undan ajralib chiqishi mumkin bo'lgan
suv bug‘larining miqdori ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasida doimiy suv man-
balarining yo'qligi, quruq o'zanlar hamda vaqtinchalik irmoqlaming
mavjudligi, tuproqning yuqori darajada sho‘rlanishi - cho'llar uchun
xos bo'lgan asosiy xususiyatlardan biridir. BMTning 1977-yildaNay-
rob shahrida bo‘lib o‘tgan cho‘Hashish muammolariga bag‘ishlangan
konferensiya materiallarida “Cho‘llar o‘simlik dunyosi siyrak yoki
27
butunlay o‘simliklardan xoli bo‘lgan, biologik mahsuldorligi past, at-
mosfera yog‘inlari kam tushadigan hudud” sifatida ta’riflangan (Ro
zanov, 1977). Cho‘llardagi ekologik sharoitlar chala cho‘l va dasht
mintaqalariga o‘xshab ketishi sababli, cho‘llarni chala cho‘l va dasht-
lardan ajratib turuvchi aniq chegarani belgilashning imkoni yo‘q.
Cho‘llarning paydo bo‘lish sabablari xilma-xil,
ammo ulaming
shakllanishida bulutlar yoiiga g‘ov bo‘luvchi to‘siqlar asosiy o‘rinni
egallaydi. Bunday to‘siqlami relyefdagi vertikal balandliklar va xusu-
san tog‘lar hosil qiladi. To'siqlarda (tog‘tarda) bulutlaming ushlanib
qolishi yomg‘ir yoki qor ko‘rinishidagi namlikning yerga tushishiga
va natijada o‘rmonlarning shakllanishiga olib keladi. To‘siqlaming
qarama-qarshi tomonida esa quruq havo massasi hukmronlik qilishi
tufayli cho‘llar shakllanadi. Barcha cho‘llar uchun qurg‘oqchilik xos,
ammo uzoq davom etuvchi va juda yuqori harorat barcha cho'llarga
ham xos emas. Jumladan, Takla-Makon va Gobi cho‘llarida yoz oy-
larida ancha salqin, qishda esa qattiq sovuq hamda bo‘ronli ob-havo
hukmronlik qiladi. 0 ‘rtacha kunlik harorat tebranishi ba’zi cho‘llarda
35 °C ni tashkil etadi.
Cho‘llar orqali oqib o‘tuvchi daryo suvining bir qismi tuproqqa
shimilib ketadi va bir qismi dengizlarga quyiladi yoki umuman den-
gizlar bilan tushmasdan ko‘Uarni hosil qiladi.
Bunday holat Orol
dengiziga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolarga ham
xos.
Yer yuzida cho‘llar asosan tropik hamda mo‘tadil mintaqalar
chegarasidagi qit’alar markazining katta qismini egallaydi va yerda-
gi qit’alarning 23% ini tashkil etadi. Sharqiy yarim sharda cho‘llar
Shimoliy Afrikadan boshlab (Saxar с ho Mi) Arabiston orqali G‘arbiy
Hindiston, 0 ‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va Avstrali-
yaning markaziy qismlarida tarqalgan. Janubiy Afrikada Kalaxara va
Namib cho‘llari, G‘arbiy yarim sharda esa Atakama (Chili), Moxave
va boshqa cho‘Uar tarqalgan. 0 ‘rta Osiyoda Qoraqum, Qizilqum,
Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Mirzacho‘l va Qarshi kabi cho‘llar
keng maydonlarni egallaydi. Dunyodagi eng yirik cho‘l shimoliy Af-
28
rikadagi Saxara cho‘li bo‘lib, uning maydoni 9 mln.km2
ni tashkil
etadi va g‘arbdan sharqqa qarab 7000 km ga, shimoldan janubga qa
rab esa 2000 km ga cho‘zilgan.
Cho‘llar hududiy tarqalishiga ko‘ra, shimoliy, janubiy va baland
tog‘lik cho‘l guruhlariga bo‘linadi. Choilar qayerda joylashgan-
ligidan qat’iy nazar, havo haroratining yuqori tebranishga egaligi,
atmosfera yog‘inlari miqdorining kamligi (300 mm dan kam), havo
namligining
pastligi, quyosh radiatsiyasining yuqoriligi va boshqa
qator ekologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bunday ekstremal
ekologik sharoit ko‘pchilik organizmlarning cho‘l hududida yashashi-
ni cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Cho‘llarda biomassa miqdori juda past ko‘rsatkichni namoyon
qiladi. 0 ‘zbekistondagi cho‘llarda oq saksovullar egallagan maydon
1274,4 ming ga ni, qora saksovullar egallagan maydon esa 369,6
ming ga ni tashkil etadi. Saksovul o‘rmonlaridagi
fitomassa mah-
suldorligi atigi 20-50 m3/ga ni tashkil etadi va boshqa o‘simliklar
biomassasi ham xuddi shunday past darajada bo‘ladi. Mazkur holat
hayoti o‘simliklar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan cho‘l hayvonot dun
yosining ham tur tarkibi, zichligi va biomassasiga bevosita hamda
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur ko‘rsatkichlar boshqa
tabiiy biotsenozlarga qaraganda ancha past darajada namoyon bo‘ladi.
Choilar o‘simlik va hayvonot dunyosining tarkibida turlar soni qan-
chalik kam bo‘lishiga qaramay,
egallagan maydonining kengligi,
ekologik sharoitlari va shunga mos bo‘lgan'betakror organik olami
bilan ajralib turadi.
Clio*
Dostları ilə paylaş: