3.2. Fauna tarkibi. Endemizm
U yoki bu regionning fauna tarkibi tarixiy rivojlanish jarayonida
turli guruhlarga mansub hayvonlardan tashkil topadi. Ba’zida bunday
guruhlar turli tarixiy davrlarda mazkur hududga boshqa regionlar-
dan kirib keladi. Faunistik majmualaming kelib chiqishini aniqlash
va ayniqsa, alohida turlaming fauna tarkibiga qayerdan kelib qolgan
ligini tushuntirish juda murakkab, ba’zida esa bunmg imkoni ham
yo‘q. Shu sababli, bir nechta turlaming bitta faunistik majmuaga te
gishliligi, birinchi navbatda ulaming areallarini o‘zaro muvofiqligi,
o‘xshashligi bilan tushuntiriladi. Har bir fauna tarkibidagi faunis
tik majmualar turli fizik va geografik sharoitlarga, landshaftlarga,
o‘simlik jamoalariga moslashganligi bilan o‘zaro farq qiladi. Shunga
ko‘ra, tundra, tayga, o‘rmon, dasht, chala cho‘l, cho‘l va boshqa fau
nistik majmualar o‘zaro farqlanadi. Muayyan faunani tashkil etuvchi
faunistik majmualar soni turlicha bo‘lishi mumkin. Dasht mintaqa-
sining faunasini bu joyda dominantlik qiluvchi dasht faunistik maj
muasi, kosmopolit turlar majmuasi, o‘rmon va cho‘l majmualarining
ayrim faunistik elementlari tashkil etadi.
Amaliyotda fauna tur tarkibining ro‘yxati to‘liq berilgan birorta
ham faunistik tadqiqotlar uchramaydi. Buning sababi, birinchidan,
hatto nisbatan kichik va ekologik jihatdan ma’lum darajada bir xil
bo‘lgan hududda turli-tuman hayvon turlarining uchrashi, ikkinchi-
dan, sohada mutaxassislar, ya’ni sistematiklaming yetishmasligidir.
Shu asosda fauna tarkibini to‘liq o‘rganish o‘miga faqat bir yoki bir
nechta hayvon guruhlarini o‘rganish bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi
(omitofauna, ixtiofauna, entomofauna va hokazo).
Ma’lumki, har qanday fauna muayyan sistematik tarkibga ega
bo‘lib, fauna tarkibi haqida fikr yuritish va uni boshqa faunalar bilan
47
solishtirish uchun barcha hayvon guruhlari to‘g‘risida ma’lumotga
ega bo‘lish lozim. Fauna tarkibini aniqlash uchun turli sistematik
birliklaming miqdoriy nisbatlarigina emas, balki faunaning geo
grafik tahlili, ya’ni uning tarkibiga kiruvchi turlaming tarqalishidagi
o‘xshashlik va farqlami aniqlash juda muhim. 0 ‘xshash tarqalishga
ega bo‘lgan turlar faunaning geografik elementlari deb ataladi. Tarqa-
lish xarakteriga mos ravishda bunday elementlar muayyan nomga ega
bo‘lishadi, masalan, shimoliy, janubiy, sharqiy va g‘arbiy geografik
elementlar. Bunday nomlar faqat oblast faunasini geografik tahlil qi-
lish uchun qo‘llaniladi. 0 ‘rta Osiyo faunasi elementlarining tarqalish
xususiyatini xarakterlash uchun O.L.Krjanovskiy (1975) quyidagi
terminlami qo‘llagan: endemik, subendemik, 0 ‘rta Yer dengizi, 0 ‘rta
Osiyo, Palearktika va boshqalar. Bu sohada adabiyotlarda quyidagi
terminlar ham keng qo‘llaniladi: Yevropa-Sibir, Sharqiy Sibir (An-
gar), Markaziy Osiyo, Boreal va boshqalar. Shunday qilib, faunani
geografik tahlil etish unga kimvchi turlaming tarqalish tipi haqida
ma’lumot beradi. Ammo fauna haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish
uchun bu yetarli emas. Bu o‘rinda turlaming kelib chiqish ehtimol
larini, ulami qanday qilib fauna tarkibida paydo bo‘lganini aniqlash
juda muhim. Mazkur masalalar faunani tarixiy, ya’ni genetik tahlil
qilish orqali hal etilishi mumkin. Bu nafaqat turning, balki avlodlar-
ning areallarini o‘rganish asosida o‘z yechimini topadi. Buni amalga
oshirishda dastlab o‘rganilayotgan hududda faunaning qaysi element
lari paydo bo‘lganligi va qaysilari boshqa markazlardan tarqalish oqi
batida kirib kelganligi masalalarini hal etish talab etiladi.
0 ‘rganilayotgan hudud chegarasida tur sifatida paydo bo‘lgan
va shu yerda yashayotgan fauna elementlariga avtoxton elementlar,
o‘rganilayotgan hududga boshqa xududlardan kirib kelgan fauna ele
mentlari esa alloxton elementlar (immigrant turlar) deyiladi.
Faunaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri endemizmdir.
Qandaydir muayyan oblastdagina uchraydigan va boshqa hech qa-
yerda uchramaydigan tur, avlod va boshqa toksonomik birliklar en
demik sistematik birliklar deb ataladi. Nisbatan keng tarqalgan turlar
48
faunalar orasidagi aloqalami, endemiklar esa aksincha, faunalaming
bir-biridan tubdan alohidalashganligini ifodalaydi. Endemizm foizi
orol faunalarida va tog‘lik hududlarda nisbatan yuqori bo‘lib, bu-
ning asosiy sababi geografik alohidalanishdir (izolatsiya). Chunki
geografik izolatsiya tur hosil bo‘lish jarayonining zaruriy shartidir.
Turning barcha belgilari geografik o‘zgaruvchanlikka moyil bo‘lib,
o‘z navbatida bunday vaziyat tur genofondining o‘zgarishiga va
populatsiyaning genetik qayta qurilishiga olib keladi, natijada yangi
tur shakllanadi. Qo‘ng‘izlaming Carabus avlodi Mustaqil davlatlar
hamdo‘stligining Yevropa qismidagi tekisliklarda 30 turdan iborat
bo‘lib, 0 ‘rta Osiyo tog‘liklarida esa yuzlab turlami hosil qiladi va
ulaming barchasi endemikdir. Yuqoridagilar tog‘larda endemiklar-
ning paydo bo‘lishi uchun qulay sharoitlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, endemiklaming mo‘lligi faunaning shakllanishi uzoq
muddatni egallaganligidan ham dalolat beradi. Ko‘pchilik faunalar
tarkibida esa deyarli endemik taksonlar, ya’ni subendemiklar uchray-
di. Avstraliya faunasida xaltali sutemizuvchilaming 8 ta endemik
oilasi, qushlaming 100 ta endemik avlodi uchrasa, Neotropika fau
nasida sutemizuvchilaming 17 ta, qushlaming 26 ta endemik oilalari,
Palearktikada esa sutemizuvchilar va qushlaming bittadan oilalari en
demiklar sanaladi.
Evolutsion nuqtayi nazardan, endemik turlaming ikki xil kategori-
yasi, ya’ni paleoendemiklar (relikt endemiklar) va neoendemiklar
(progressiv endemiklar) farqlanadi. Paleoendemiklarga qadimda
areali keng bo‘lgan, hozirda esa faqat tor arealda va bir joydagina
saqlanib qolgan hayvon turlari kiradi. Relikt endemik avlodlar
ko‘pincha bir nechtagina yoki bitta turdan tashkil topadi (monotipik
avlod). Relikt endemiklarga Yangi Zelandiyadayashaydigan gatteriya
yaqqol misol bo‘la oladi. Paleoendemiklar juda qadimiy turlar bo‘lib,
ular o‘tmishda yer tarixining geologik epoxalarida shakllangan va
odatda, bir vaqtlar keng tarqalgan guruhlarga tegishlidir. Ayni vaqtda
ulaming areali dastlabki arealining faqatgina bir qismini egallaydi,
xolos. Paleoendemiklaming yashab qolish imkoniyati juda cheklan-
49
|