F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


sincha, yuqori. Juda keng maydonlarda baland o ‘suvchi o‘tchil qop-



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/92
tarix26.11.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#136439
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

sincha, yuqori. Juda keng maydonlarda baland o ‘suvchi o‘tchil qop-
lamlar orasida yakka-yakka yoki bir joyda guruh holida yirik baobab
lar, baland akatsiyalar, mimozalar va boshqa daraxtlar uchraydi. N is­
batan ko‘proq namlanuvchi joylarda o ‘rmonlar, quruq joylarda esa
past bo‘yli o ‘tchil va cho‘llashgan savannalar rivojlangan. Mavjud
barcha formatsiyalaming o ‘ziga xosligi davriy yog‘ingarchiliklar bi
lan uzviy bog‘liq. Quruq va nam mavsumlaming navbatlashib turi
shi savannada yashovchi organizmlaming hayotiy ritmlarini belgilab
beradi va hayvonlarda aniq ifodalanuvchi adaptatsiyalaming shaklla-
nishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pgina hasharotlar, amfibiyalar va ba’zi reptiliyalarda anabioz
holat ancha uzoq muddatni egallaydi. Qushlar migratsiyasi va yirik
o ‘txo‘r hayvonlaming ko‘chib hayot kechirishi keng tarqalgan bo‘lib,
bunday xususiyatni ham namlikning mavsumiy taqsimlanishi bilan
tushuntirish mumkin.
95


0 ‘tchil o ‘simliklaming k o ‘pligi sababli bu yerda yirik o ‘tx o‘r 
hayvonlar va ayniqsa, ko‘p sondagi tuyoqlilami uchratish mumkin. 
Tuyoqlilaming umumiy tur soni savannalarda 70 dan ortiq b o ‘lib, 
ulaming asosiy qismini antilopalar tashkil etadi va ulaming eng 
xarakterli guruhi savannada keng tarqalgan gnu antilopalari galasidir. 
Mazkur turlar har yili o‘simliklaming davriy vegetatsiyasiga bog‘liq 
holda uzoq masofalarga migratsiya qilishadi. Gnular bilan birga zeb- 
ralar ham migratsiyada qatnashishadi. Tompson va grant antilopa- 
larida ham shunday migratsiyalar kuzatiladi. Qayd etilgan turlar tipik 
o ‘tloq hayvonlaridir. Savannada buta o ‘simliklari bilan oziqlanuvchi 
turlar (kanna), daraxt-butali savannalarda hamda qoyali joylarda tog‘ 
va qoya damanlari yashaydi.
Turli o ‘txo‘rlar oziqa b o ‘luvchi o ‘simliklaming turli pog‘onalari 
bilan oziqlanishga moslanishlar hosil qilishgan. Gnu antilopalari yer- 
ga yaqin joylashgan o ‘tlardan, zebra boshoqlilaming yuqori qismi 
dan, qora karkidon butalaming 1 metrgacha b o ‘lgan qismidan, Afrika 
fillari 2 -4 m etrgachabo‘lgan o ‘simlik pog‘onalaridan va nihoyat, eng 
yuqori p og‘onadan jirafalar oziqa sifatida foydalanadi va daraxtning 
soyabonsimon shaklga kirishiga sabab bo‘ladi.
Afrika savannalari uchun xos bo ‘ lgan turlarga so ‘ galli cho ‘ chqalami 
va yirik buqalardan sanalgan Afrika buyvollarini misol qilish mum 
kin. Tipik o ‘tloq hayvonlaridan biri oq karkidondir. U oiladagi eng 
yirik tur b o ‘lib, erkaklarining massasi 5 tonnagacha yetadi. Ayni vaqt 
da ulaming soni kamayib ketgan va Afrikadagi boshqa yirik hayvon 
lar qatori Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil 
ro ‘yxatiga kiritilgan.
Yirik yirtqichlar Afrika savannalarida к о ‘chib yumvchi antilopalar 
ortidan ergashib yuradi va bunday ta ’qib yirtqich - o ‘lja tipidagi mu 
nosabatlarga yaqqol misol b o ‘ladi. Sherlar guruh holida yirik antilopa 
va zebralami ovlasa, gepardlar yakka holda ov qiladi. Tashkiliy holda 
ov usuli sirtlonsimon itlarga, ola sirtlonlar va chiya b o ‘rilarga xos. Bu 
yerda turli pavianlam i ham uchratish mumkin.
96



Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin