N azorat topshiriqlari
1. Xaritadan foydalanib Neotropik zoogeografik oblastining geo-
grafik о ‘mi, о ‘simlik dunyosi va tabiiy sharoiti to ‘g ‘risida so ‘zlab
bering.
2. Neotropikfaunasiga xos bo ‘Igan turlarga misollar keltiring.
3. Karib, Markaziy Amerika, Amazoniya va Patagon-Chili hudud-
lari faunasini o'zaro solishtiring va o'ziga xos tomonlari haqida
so ‘zlab bering.
168
4. Oblast faunasiga salbiy t a ’sir etuvchi antropogen omillar va
ulaming oqibatlarini misollar bilan tushuntiring.
5. Neotropik oblasti faunasini boshqa oblastlar faunasi bilan
qiyoslang va tahlil qiling.
5.6. Avstraliya zoogeografik oblasti
Geografik o ‘mi va tabiiy sharoiti. Avstraliya zoogeografik oblasti
tarkibiga Avstraliya, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Kenguru,
King, Flinders kabi orollar, Bismark, Solomonov arxipilaglari kiradi.
Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning geografik joylashuvi, relyefi
va iqlimi bilan bog‘liq. Materikning shimoliy qismi tropik, marka
ziy qismi subtropik, janubiy qismi esa mo‘tadil mintaqada joylashgan
(19-rasm).
169
Avstraliya zoogeografik oblasti turli mintaqalarda joylashganligi
sababli bu yerda asosan tropik va subtropik iqlim hukmronlik qiladi.
Faqat materikning janubiy qismi va Tasmaniyada mo‘tadil iqlim ku
zatiladi. Yangi Gvineya tropik mintaqada joylashgan bo‘lib, uning
asosiy qismi tropik o ‘rmonlar bilan egallangan.
Tog‘ tizmalari materikning chekka qismlarida joylashgan bo‘lib,
asosiy yog‘inlarni ushlab qoladi va natijada materikning markaziy
qismida nam tanqisligi kuzatiladi. G ‘arbiy sohillar Darling va Vikto
riya past tog‘liklari bilan hoshiyalangan, sharqiy sohil bo‘ylab Kat
ta suvayirg‘ich tizmasi cho‘zilgan bo ‘lib, uning alohida cho‘qqilari
2200
metrga yetadi.
Yomg‘irlaming asosiy qismi Avstraliyaning shimoli-sharqiga
(Kvinslend) yog‘adi. Oblastning shimoli-sharqida tropik, uningjanu-
bida subtropik, yana ham janubda esa doimiy yashil (ochiq urug‘li
va keng bargli) o ‘rmonlar shakllangan. Tasmaniya orolida ham nam-
likning yetarli darajada boiishi bu yerda o‘rmonlarning shakllanishi-
ga olib kelgan. Avstraliyaning nam subtropik o ‘rmonlarida o‘ziga
xos yirik ekvaliptlar o‘sadi. Janubi-g‘arbiy qismi nisbatan quruq
o ‘rmonlar bilan qoplangan. Tasmaniyada daraxtsimon paporotnik
va buk (notofagus)dan iborat keng bargli o‘rmonlar shakllangan.
Namlikning yetishmasligi sababli materikning asosiy qismini cho‘1,
chala cho‘l, dasht, savanna va ba’zan juda zich qoplamlami hosil qi
luvchi akatsiya va boshqa qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va buta
lardan tashkil topgan skreblar egallaydi (skreb past bo‘yli va qattiq
bargli evkaliptlar yoki doimiy yashil akatsiyalardan iborat o‘ziga
xos o ‘simlik qoplamlari). Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida yirik
ekvaliptlardan, janubiy qismida esa akatsiyadan iborat o‘rmonlar
uchraydi. Yil davomidagi o ‘rtacha namlik Avstraliyaning turli rayon-
larida turlicha bo‘lib, o‘ziga xos floristik tarkibning shakllanishiga
olib kelgan. Florasi tarkibida doimiy yashil o‘rmonlardan tortib tropik
o‘rmonlargacha bo‘lgan oraliqdagi o ‘simlik qoplamlari shakllangan.
Avstraliyada qumli, tuproqli, sho‘rxok, toshloq va boshqa tipdagi
cho‘llar uchraydi. Ulaming har biri tegishli o ‘simlik va hayvonot ola-
170
miga ega. Hududning iqlimiy va floristik tarkibi hayvonot dunyosini
belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oblastning turli mintaqa-
larida turlicha ahamiyat kasb etadi.
Avstraliya faunasining eng muhim belgisi faunaning orol xarak
teriga egaligidir. Oblastga tegishli ayrim orollar hech qachon o‘zaro
va Avstraliya materigi bilan aloqada bo‘lmagan, mabodo aloqada
bo‘lgan taqdirda ham bu hodisa ancha qadimda sodir bo‘lgan. Avs
traliya yirik orol bo‘lib, unda orollarga xos xususiyatlar namoyon
bo‘ladi. Shu sababli oblastning faunasi butunlay orollarga xos bo‘lib,
birinchidan, faunasi tarkibida turlar soni kam, ikkinchidan, endemikla
rining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Avstraliyada boshqa faunistik
oblastlarga xos bo‘lgan ko‘pchilik turlar uchramaydi, uchraganlari
esa inson faoliyati natijasida bu yerda tarqalgan.
Avstraliya cho‘llaridagi o ‘simliklarning asosiy qismi sho‘r ko‘llar
yoki doimiy bo ‘lmagan soylaming atroflaridagina tarqalgan. Shu kabi
cho‘llarning mazkur qismlarida hayvonot dunyosi tarkibidagi turlar
soni ham nisbatan ко‘p. Avstraliya cho‘llarida yashaydigan hayvon
laming ekologik guruhlari va ekologik xususiyatlarida yer sharining
boshqa qismlaridagi cho‘llarda yashovchi hayvonlarga juda o‘xshash
bo‘lgan belgilami kuzatish mumkin. Cho‘lga xos bo‘lgan qator
ekologik omillar hayvonot dunyosi uchun ekstremal sharoit yaratadi.
Bunday sharoit ayrim turlar uchun noqulayliklar tug‘diradi va shu
sababli Avstraliya cho‘llari faunasi tarkibida turlar soni ancha kam.
Cho‘llarda yashovchi hayvonlarda moslashish bilan bog‘liq morfo-
fiziologik belgilar yaqqol namoyon bo‘ladi va bu xususiyat ulaming
etologiyasida o‘z aksini topadi. Avstraliya cho‘llarida olib boriladi-
gan har qanday antropogen faoliyat bu joydagi hayvonot dunyosining
tur tarkibiga u yoki bu darajada juda tez ta’sir etadi. Shu sababli cho‘l
hayvonlarini muhofaza qilish, ayni vaqtda Avstraliyaning dolzarb
muammolaridan biriga aylangan.
Faunasiga umumiy tavsif. Avstraliya faunasi uchun xos xususi
yat - fauna tarkibida turlar sonining nisbatan kamligi, qadimiyligi va
endemizm darajasining yuqoriligidir. Buning asosiy sababi Avstrali
171
yaning yirik oroldan iboratligi hamda oblastga tegishli boMgan orol-
chalaming o ‘zaro va Avstraliya materigi bilan aloqada bo‘lmaganligi
bilan tushuntiriladi. Bunday o ‘ziga xos alohidalashgan zoogeografik
oblastga ko‘pchilik hayvon turlarining kirib kelishi chegaralangan.
Fauna tarkibidagi 'o ‘zgarishlaming aksariyati inson faoliyati bilan
chambarchas bog‘liq.
Avstraliya faunasi tarkibida yuksak yo‘ldoshlilardan kemiruvchi-
lar va qo‘lqanotlilarning ayrim turlari uchraydi, xolos. Oblastning orol
xususiyatiga egaligi sababli, uning faunasi tarkibida hozirgacha ham
relikt guruhga mansub hayvonlami (tuxum qo‘yuvchilar) uchratish
mumkin. Xaltalilarning turlari juda k o ‘p bo‘lib, ulaming bitta kenja
turkumi endemiklardan tashkil topgan. Avstraliya strauslarining tur-
kumlari ham endemiklar bo‘lib, ularga emu va kazuarlar tegishli.
Bundan tashqari, ikki xil nafas oluvchi baliqlardan shoxtishlisimonlar
ham endemiklar sanaladi (20-rasm).
Dastlabki sutemizuvchilar endemik kenja sinfni tashkil etadi va
bu kenja sinfga yagona turkum boMgan bir teshiklilar kiradi. Bir te-
shiklilar turkumiga ikkita oila, y a’ni o ‘rdak burunlar va exidnalar
tegishlidir. 0 ‘rdakburunlar Avstraliyaning janubida va Tasmaniya
da uchraydi. Exidnalarning ikkita avlodi Yangi Gvineyada va cho‘l
mintaqasidan tashqari butun Avstraliyada tarqalgan. 0 ‘rdakburunlar
suvda yashashga moslashgan b o iib , ulaming tashqi tuzilishida suv
da yashashga imkon beruvchi qator belgilarni kuzatish mumkin.
Exidnalar tuproq ostidagi uyalarida yashab, chumoli va termitlar
bilan oziqlanishga moslashishgan. Tuproqda uya qazish munosabati
bilan ulaming oyoqlari baquvvatlashgan, timoqlari kuchli, tum shug‘i
cho‘zilgan, tili uzun va yopishqoq bo‘ladi. Exidnalar Avstraliyada qa-
zilma holida ham topilgan va bu hoi mazkur hayvonlaming qadimda
ham Avstraliyada yashaganligidan dalolat beradi.
172
20-rasm .
Dostları ilə paylaş: |