Oligotrof ko‘lla r -
(gr. oligos ozgina, uncha ко ‘p bo ‘ lmagan+trophe
oziqlanish) - odatda, chuqur ko'llar bo‘lib, suvi tarkibida azot va fos-
for minerallari kam va shu sababli mazkur ko‘llarda hayvonlaming
zichligi ham past bo ‘ ladi.
Paleoendemiklar
- (gr. palaios qadimgi+endemos mahalliy) -
qadimgi davrlardan bizgacha yetib kelgan, areali tubdan qisqargan,
faqat muayyan hududga (oblastga) gina xos bo‘lgan hamda ko‘pincha
shu yerda pay do bo‘lgan va uzoq yillardan buy on yashayotgan relikt
endemik tur (yoki avlod)lar. Paleoendemiklar qoida tariqasida relikt
deb yuritiladi. Bunday turlar ko‘pincha atrofdagi boshqa flora va fau
na vakillari bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaydi.
Pampas
- (isp. pampa) - Janubiy Amerika va asosan Argentina-
dagi subtropik dashtlar.
Pelagial
- (gr. pelagos dengiz) - okean, dengiz va ko‘llaming
qirg‘oq bilan aloqada bo‘lmagan suvlik qatlami.
Plankton
- (gr. plankton daydib yumvchi) - suv betida yashovchi,
harakatlanishi to‘liq suv oqimiga bog‘liq bo‘lgan organizmlar maj
muasi.
Pleyston
- (gr. plein kemada suzmoq) - tanasining bir qismi suv
ning yuzasidagi havo muhitida joylashgan suv organizmlari.
Preriya
- (fr. prairie o‘tloq, yaylov) - Shimoliy Amerikadagi
Missuriya daryosining g ‘arbida joylashgan tekislikdan iborat dasht
205
hududi. Ayni vaqtda preriya egallagan deyarli barcha maydon asosan
ekinzorlarga aylantirilgan.
Relikt
- (lot. relictum qoldiq) - qadimgi davrlardan qoldiq sifa
tida saqlanib qolgan organizm, predmet yoki hodisa.
Reofil
- (gr. rheos oqim+phileo sevaman) - oqimga ega boig an
suvlarda yashashga moslashgan hayvon turlari.
Savannalar
- (isp. sabana) - o ‘tchil o ‘simliklar va asosan bo-
shoqlilar (bo‘yi 5 metrgacha yetadi) bilan qoplangan tekisliklar.
Skreb
- (ing. scrub) - Avstraliyaning qurg‘oqchil rayonlaridagi
past bo‘yli, qurg‘oqchilikka chidamli doimiy yashil buta o ‘simliklari
qoplami.
Stenoterm
- (gr. stenos tor, cheklangan+therme issiq) - tashqi
muhitning kam tebranishli haroratga ega boig an sharoitida yashash
qobiliyatini saqlab qolgan organizmlar majmuasi.
Termofil
- (gr. thermos issiq+phileo sevaman) - harorati nisbatan
yuqori b o ig an tashqi muhit sharoitida yashashga qobiliyatli orga
nizmlar majmuasi.
Ubikvistlar
- (lot. ubique hamma joyda, har yerda) - juda xilma-
xil sharoitlarda yashay olish qobiliyatiga ega bo ‘ lgan о ‘ simlik va hay
von turlari (bo‘ri, tulki).
Fauna
- (lot. fauna) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, o‘rmon va
dalalar m a’budasi, podalar homiysi m a’nosiga ega b o iib , qandaydir
sistematik guruhga mansub hayvonlaming tarixiy shakllangan maj
muasi (ixtiofauna va boshqalar).
Flora
- (lot. flora) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, gullar, bahor
va yoshlik ma’budasi ma’nosiga ega b o iib , qandaydir joydagi yoki
geologik davrdagi barcha o‘simlik turlarining majmuasi.
Formatsiya
- (lot. formation hosil boiish, tur) - muayyan da-
rajaga, rivojlanish bosqichiga muvofiq keladigan biror bir narsaning
tuzilishi yoki tipi.
E vribiontlar - (gr. eurys keng+bios hayot) - tashqi muhitning
juda turli-tuman sharoitlarida yashash qobiliyatiga ega b o ig an orga
nizmlar.
206
|