Mavzu : Media muhitda axloqiy tamoyillar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix26.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136442
1   2   3   4   5
M15. Media muhitda axloqiy tamoyillar

Media maydon tushunchasi 
Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va 
amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda 
respublika yetakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa 
idoralarning Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. 
Respublikamizdagi qator tashkilotlarning Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda 
mazkur o‘quv dargohidan yetishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat 
ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan 


“Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Davlat organlari, xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining 
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi yetarli 
darajada yo‘lga qo‘yilmagan”i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 
zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini 
ta’minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, 
ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan
ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmalari) 
faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish 
vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun avvalo har bir 
vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas’uldirlar.
Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan 
aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda 
parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa 
o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali 
faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning 
axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga 
oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot 
xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda 
matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan 
muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning 
maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada 
samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-
tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini 
muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar 
faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va 
tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. 
Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan 
o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin