Mavzu : Media muhitda axloqiy tamoyillar


Zamonaviy Axborot Texnologiyalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix26.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136442
1   2   3   4   5
M15. Media muhitda axloqiy tamoyillar

Zamonaviy Axborot Texnologiyalari
Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z 
yuritmasin avvalo uning quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli 
manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:
Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida 
bayon etilgan fikrlar);


Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va 
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon 
etilgan fikrlar);
Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va 
boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).
Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech 
gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati 
rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan 
tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi…
Mazkur o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va 
qarorlarda belgilangan normalar metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi. 
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada 
to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qo‘llanmada axborot xizmatlari faoliyatini ilmiy tashkil etish hamda 
takomillashtirish, bu borada to‘plangan tajribalar haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan buyon o‘zimizga xos va jahon 
andozalariga monand taraqqiyot yo‘li tanlab olindi. Davlat va jamiyat 
boshqaruvida jamoatchilik bilan aloqalar muhim ijtimoiy institutga aylandi. 
Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi muhim 
ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot 
erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning 
ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, 
amaliy hayotda joriy qilish borasida ko‘p fikrlar bildirilgan. Axborot sohasini jadal 
rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio-televideniye faoliyatini 
erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy 
qismiga aylanishi zarur.
Hayot ko‘zgusi hisoblanmish matbuot “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga 
ko‘tarilmog‘i lozimligi ko‘p bora ta’kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan 
vazifalar juda ko‘p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt 
mafkuraviy va ma’muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu 
holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o‘zini erkin his etishi qiyin 
kechmoqda. Shu sababli ular o‘zi uchun yangi bo‘lgan hozirgi vaziyatda ba’zan 
hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko‘rsatma kutib 
o‘tirgandek ko‘rinishi to‘g‘ri tanqid qilinmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin