2
-
LABORATORIYA ISHI
UZLUKSIZ ISH REJIMIDA ISHLAYDIGON ANDOZAVIY SANOAT
MEXANIZMLARI ELEKTR YURITMASINI TADQIQOTLASH
I. ISHNING MAQSADI.
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlarini
elektr jihozlari va elektr
yuritmalarini boshqaruv sxemalari bilan tanishish.
II. ASOSIY MAHLUMOTLAR.
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlar texnologik jarayonda qatnashayotgan
koʻmaklovchi mexanizmlarni bir guruHi Hisoblanadi.
Ular mashinasozlik korxonalarda konveyer yoki transportyor sifatida
keng qoʻllanadi. Sochiluvchan yukni (qum, tuproq va H.k)
mahlum masofaga
uzatib berish uzluksiz yuk tashish sistemalar, yahni ketma –ket ulangan bir
necha transportyorlar yoki elevatorlar orqali bajarishi mumkin.
Bu sistemalar
asosiy ishlab chiqaruvchi mexanizmlar bilan oʻzaro bog`lashgan boʻlib,
texnologik jarayonida oʻziga xos vazifasini bajaradilar.
Misol qilib bir necha transportyorlardan iborat boʻlgan sistemani koʻrib
chiqamiz. Tashilayotgan yuk –sochiluvchan material turi.
Uzatilayotgan yuk konveyer ustida toʻplanib qolmasligi uchun yuk tashish
sistemani yurgizilishi oHirgi transportyordan boshlanib ketma-ket ulash bilan
amalga oshiriladi. Yuk tashish sistemaning elektr yuritmalarini aytib ketilgan
ketma ketlikda yurgizish uchun boshqaruv sxemasida blokirovkalar mavjuddir.
Blakirovka ikki turlarga, yahni bog`langan va bog`liq boʻlmaganlarga ajratiladi.
Bog`langan blakirovka yuritma dvigatelini faqat oʻzidan
oldingi dvigatel
ulanganidan keyin ishlashini tahminlaydi. Boshqaruv sxemada bog`liq
boʻlmagan blokirovka qoʻllanganda esa yuritmaning navbatdagi dvigateli,
oldingi dvigatel manbaadan uzilganda, ishlaydi. (Yahni bunda yuritmaning ikki
dvigateli bir vaqtning oʻzida ishlashi mumkin emas).
Bog`lanagan va bog`liq boʻlmagan blakirovkalarni sxemalari 1 a) rasmda
berilgan.
1a-rasmda bog`langan blakirovka qoʻllangan. “Yurgizish-1” knopkasi
bosilganda, birinchi 1 Myu magnit yuritgich zanjiri ulanib D1
dvigatel ishga
tushadi. SHu joyning oʻzida ikkinchi 2MYu magnit yuritgichi zanjirdagi 1MYu
kontakt yonadi va bu bilan u 2MYu choʻlg`amni manbaaga ulashga tayyorlaydi.
“Yurgizish-2” knopkasi bosilganda ikkinchi magnit yuritgichni 2MYu zanjiri
ulanadi va D2 dvigatel elektr tarmog`iga ulanadi.
1b-rasmda koʻrsatilgan sxema bog`liq boʻlmagan blakirovkani ifodalaydi. Bu
sxema boʻyicha “Yurgizish-1” knopkasi bosilganda 1MYu kontaktori
manbaaga ulanib D1 dvigatelni ishiga tushiradi va ikkinchi 2MYu
magnit
yuritgich zanjiridagi oʻzini blok-kontaktini ochadi. Natijada D1 va D2
dvigatellar parallel ishlashi mumkin emas, yahni biri ishlaganda,
ikkinchisi
uzilgan Holatda boʻladi.
Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr jiHozlarini
va boshqaruv sxemasini
mashg`ulot davomida oʻrganish uchun 2b, v –rasmda koʻrsatilgan sxema
yig`ilishi kerak.
ISHNI BAJARISH TARTIBI QUYIDAGICHA:
1. Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr va texnologik sxemalarini oʻrganib
chiqib, elektr jiHozlarni (dvigatellarni, oʻlchov va Himoya asboblarni) texnik
mahlumotlarni yozib oling.
2. 2-rasmda berilgan sxemani yig`ib, yuritmani ishga tushiring.
3. 1a, b rasmlarda koʻrsatilgan bog`liq va bog`liq boʻlmagan
blokirovka
sxemalarini oʻrganib, amalda sinab koʻring.
4. Bajarilgan tajriba boʻyicha Hisobot yozing, bunda:
a) Blokirovkalarni ishlash tartibi;
b) uzluksiz yuk tashish sistemaning boshqaruv, kinematik va texnologik
sxemalari;
v) tekshirish savollariga javoblar oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak.
IV. TEKSHIRISH SAVOLLARI.
1. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni yurgizishda yuritmalariga
qanday talablar
qoʻyiladi?
2. Yuk tashish sistemalarning boshqaruv sxemasida qoʻllanadigan bog`liq va
bog`liq boʻlmagan blokirovkalarni vazifalari va farqiga va ulardagi farqlar
qanday?
3. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni transportyorlari qaysi ketma-ketlikda
yurgiziladi va toʻxtatiladi?
4. Uzluksiz yuk tashish sistemalarning elektr boshqaruv sxemasida qanday
Himoyalar qoʻllaniladi?