13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1


 Xotin erining haqqini o’z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

3. Xotin erining haqqini o’z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun 
qo’yishi kerak.
CHunki zimmasidagi erining haqqi juda kattadir. Abu Hurayra roziyallohu 
anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat 
qildilar:
«Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro’za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol 
bo’lmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy). 
4. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo’ymasligi, erining uyidan uning 
ijozatisiz biror narsani o’zining yaqinlariga ham berishi kerak emas.
Agar bersa, xotinga 
gunoh, erga savob bo’ladi. 
5. SHuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan 
nasibaga rozi bo’lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak.
Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi 
uchun g’azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, 
erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o’tishidan qo’rqib, undan 
hojatdan ortig’ini talab qilmasligi darkor. Balki, erini ham qanoatga undab, harom yo’llardan 
ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib shunday derdilar: «Harom kasbdan 
saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do’zax oloviga chiday olmaymiz». Ayol 
kishi o’z erining tuyg’ularini rioya qilishligi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan gap-so’z 
va ishlardan yiroq bo’lishligi hamda erining moliyaviy sharoitini hisobga olmog’i, erining uy 
tashqarisidagi mas’uliyatlarini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta bo’lmasligi yoki shu borada 
eriga bosim o’tkazmasligi lozim. SHuningdek, Eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab 
qilmasligi kerak. Zero, ba’zi ayollar, ehtimol ko’plab ayollar nuqul o’zga oilalarni, o’zga erning 
o’z xotiniga sarflagan narsalarini misol qilgan holda erlaridan xuddi shunday ta’minot talab 
qiladilar. Holbuki, dunyoviy sohada inson o’zidan yuqoridagiga emas, o’zidan pastroqdagilarga 
qarashi ayni hikmatdandir. Ana shunda inson o’zining qanchalar ko’p ne’mat ichida ekanligini his 
qilib, shukr qilishni boshlaydi. SHu ma’noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat 
qiladilar: Ya’ni: “O’zingizdan pastdagilarga qarang, o’zingizdan yuqoridagilarga qaramang! 
Zero, shu ish (ya’ni o’zingizdan pastdagilarga qarashingiz) Allohning sizlarga bergan ne’matini 
kamsitmasligingizga undaydi” (Imom Muslim va Ibn Moja rivoyati).
Bizchi, biz odatda o’zimizdan yuqoridagilarga qarab to’n bichamiz, o’zimizdan ko’ra 
ko’proq ta’minlanganlarga qarab, oilada janjal qilamiz. Mantiqan o’ylab qarasak ham o’zidan 
tepadagilarga qarab ish tutgan odam, o’zidan tepadagilarga qarab turmush o’rtog’ini malomat 
qilgan ayol, o’zidan pastdagilarga ko’zi tushganda o’sha turmush o’rtog’ini maqtab qo’yish 
mantiqan to’g’ri ish bo’lgan va adolatdan bo’lardi. Ammo, ne ajabki, biz faqat birtomonlama fikr 
yuritadigan bo’lib qolganmiz. Ha, Alloh o’z hikmati bilan hammaning sharoitini harxil qilib 
qo’ygan. Dunyo kimgadir keng kimgadir torroq qilib berilgan. Kimki, shukr qilsa, Alloh unga 
ne’matni ziyoda qiladi va oxiratda ajr ham oladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik 
tuyg’ularini o’zining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi 
bo’ladi. Zero, insonlarga shukr qilmagan, insonlarning yaxshiliklarini bilmagan odam Allohga 
ham shukr qilmaydi. SHu ma’noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, shunday 
deganlar: “insonlarga shukr qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi!” (Imom Ahmad, Abu 
Dovud va Termiziy rivoyatlari).
Ulamolar ushbu hadisga sharh berib quyidagi so’zlarni aytganlar: “ya’ni, biror banda 
Allohga Uning ehsoni va yaxshiliklari uchun shukr qiladigan bo’lsa, Alloh uning shukrini qabul 
qilmaydi, modomiki, o’sha banda insonlarning yaxshiliklariga shukr qilmaydigan nonko’r bo’lsa”. 
Hadisning yana bir ma’nosi shundayki, “qaysi insonning odati odamlarning yaxshiligini bilmaslik, 
qadrlamaslik va nonko’rlik bo’lsa, unday inson odatda Allohga ham shukrni tark qiluvchi, noshukr 


bo’ladi. CHunki, beruvchisi ko’rinib turgan, kichik yaxshilikni qadrini bilmagan va ko’ra olmagan 
inson katta yaxshilikni ham ko’ra olmaydi”. Yana bir hadisda esa: “Allohga eng ko’p shukr 
qiladigan inson odamlarga eng ko’p shukr qiladigan inson bo’ladi”, deyilgan.
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam 
shunday dedilar «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning huri iyndan bo’lgan 
xotini «Alloh halok qilgur(!), unga ozor berma! U sening oldingda vaqtinchalik mehmon bo’lib 
turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, bizning oldimizga kelajak», deya xitob qiladi (Imom 
Termiziy rivoyat qilgan). 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin