–
o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
–
o‘lchash ob’ektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi
sabablar;
–
o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash,
o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
–
o‘lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki
bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;
–
o‘lchash ob’ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
–
operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
3. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari.
O‘lchash vositalarining aniqlik klassi
– mazkur o‘lchash vositalarining
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, aniqlik klassi bir xil o‘lchash
vositasining xatoligi qaysi chegarada joylashganini bilishga imkon beradi, lekin bu
vositalarning har biri bilan bajariladigan o‘lchashlarning aniqligini bevosita
ko‘rsata olmaydi. Bu holat o‘lchash vositalarini o‘lchashlarning belgilangan
aniqligiga qarab tanlashda muhim.
O‘lchash vositalarining aniqlik klassi texnik talablar (shartlar) standartlarida
yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa texnik hujjatlarda, ayrimlarida esa
asbobning shkalasi panelida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har qanday o‘lchash vositasini tanlashda eng avvalo uning metrologik
tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: