·
uchunchi farq–axborot texnologiyalarining yangi komponenti bilimlardan foydalanish
bilan bog’liq.
Ekspert tizimida foydalaniladigan axborot texnologiyalarning asosiy komponetlari
quyidagilardan iborat: foydalanuvchining interfeys, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni
yaratish
moduli.
Mutaxassis ekspert tizimiga axborot va buyruqlarni kiritish va undan chiqarib beriladigan
axborotni olish uchun interfeysdan foydalanadi. Buyruqlar bilimlarga ishlov berish jarayonining
yo’naltirish parametrlarini o’z ichiga oladi. Axborot, odatda muayyan o’zgaruvchilarga
beriladigan qiymatlar shaklida beriladi. Menejer axborotni kiritishning to’rtta usulidan
foydalanishi mumkin: menyu, buyruqlar, tabiiy til va o’z interfeysi. Ekspert tizimlari
texnologiyasi chiqarib beriladigan axborot sifatida faqat yechimlarni emas,
balki zaruriy
tushuntirishlarning ham olish imkoniyatini ko’zla tutadi. Tushuntirishlarning ikki turi farqlanadi:
·
so’rovlar bo’yicha beriladigan tushuntirishlar. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ekspert
tizimidan o’z harakatlarini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin;
·
muammoni hal qilish bo’yicha olingan yechimni tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni
olganidan so’ng u qanday olinganligini tushuntirib berishni talab qilishi mumkin. Tizim masalani
yechishga olib kelgan o’z mulohazalarning har bir qadamini tushuntirib berishi zarur.
Ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy bo’lmasa ham, bu tizimlarning foydalanish
interfeysi do’stona bo’lib, odatda, muloqot olib borishda qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
Dostları ilə paylaş: