O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
3.4. Yordamchi xonalar 
Jamoat binolarining 
yordamchi
xonalari sirasiga quyidagilar kiradi: 
- xodimlar garderoblari; 
- xo„jalik omborxonalari; 
- tozalash inventarlari saqlanadigan xonalar; 
- sanitariya bloklari; 
- dushxonalar; 
- ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari. 
Jamoat binolaridagi sanitariya bloklarini har bir qavatda, odamlar doim 
bo„ladigan eng uzoq joylardan 75 metrdan ko„p bo„lmagan masofada 
joylashtirish lozim. Rejaviy elementlarning tik yo„nalishlari sanitariya bo„lmalari 
va dushxonalarning ergonomika me‟yorlari bo„yicha talab etilgan minimal 
o„lchamlarini belgilab beradilar. Masalan, hojatxonaning minimal kengligi – 800-
850 mm, minimal chuqurligi – 1200 mm (eshigi tashqariga ochilganida), qo„l 


29 
yuvgichli tambur-shlyuz (jamoat binosi sanitariya bo„lmasining majburiy 
elementi) minimal kengligi – 850 mm.
Dush 
kabinasining 
kengligi – 900 mm, 
chuqurligi – 1650-1900 mm. 
Ishlovchilar orasida tayanch-harakatlanish apparati yaxshi ishlamaydigan 
nogironlar bo„lsa ular uchun alohida kabinalar ko„zda tutilishi lozim. 
Xodimlarning garderobxonalarida dushxonalar tashkil etilishi kerak. Binolarda 
tozalash inventarini saqlash, yuvish va quritish uchun issiq va sovuq ta‟minoti 
tizimiga ulangan va, odatda, hojatxonalarga tutash bo„lgan xonalar ko„zda 
tutilishi lozim. Bunday xonalarning maydonlari qavatning har 100 m
2
uchun 
0,8 m
2
hisobidan, lekin 4 m
2
dan kam bo„lmagan holda belgilanadi. Qavat 
maydoni 400 m
2
dan kam bo„lsa, ikkita tutash qavat uchun bitta xona tashkil 
qilinishiga 
yo„l 
qo„yiladi. 
Sanoat 
korxonalarini 
loyihalashtirishda 
sog„lomlashtirish va tibbiyot punktlari, ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari
hammomlar (saunalar), idoraviy me‟yorlar bo„yicha esa – ingolyatoriy, fotariy, 
qo„l va oyoq vannalari uchun xonalar, shuningdek ish vaqtida dam olish va 
psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus xonalar jamoat binolari uchun qabul 
qilingan me‟yorlar bo„yicha tashkil qilinishi kerak
Hammom-saunani loyihalashtirishda uning tarkibiga quyidagi xonalarni 
kiritish lozim: yechinish-kiyinish xonasi, quruq issiq kamerasi, dushxona, 
sanitariya bloki, sovuq suvli basseyn, uqalash xonasi, dam olish xonasi
boshqaruv pulti joylashtirilgan xona. Quruq issiqli hammomlarni tashqi devorga 
tutash qilib birinchi yoki stokol qavatida, tashqariga mustaqil chiqish eshigi bilan 
joylashtirishga yo„l qo„yiladi. Ish vaqtida dam olish va psixologik yukni 
kamaytirish uchun maxsus xonalar, odatda, uy kiyim-boshi saqlanadigan 
garderob va sog„lomlashtirish punkti yonida joylashtiriladi Dam olish va 
psixologik yukni kamaytirish xonalarida, agar zaruriy talab va asoslanishlar 
bo„lsa, tonusni yaxshilaydigan turli ichimliklarni tayyorlash va iste‟mol qilish 
uchun qurilmalar, shuningdek jismoniy tarbiya bilan shug„ullanish uchun joylar 
ko„zda tutilishi mumkin. Yerto„la qavatlarida muhandislik xizmatlarining 
xonalari, omborxonalar, do„konlar, radiouzel, kinofotolaboratoriyalar, ijaraga 
berish punkti, tir, sport zallari, kitob saqlanadigan va arxiv xonalarini 
joylashtirishga yo„l qo„yiladi. Bu kabi xonalarni tabiiy yoritilganliksiz 
loyihalashtirishga ruxsat beriladi. Undan tashqari, majlislar zali, ma‟ruza 
auditoriyalari va kuluarlar, maishiy xizmat ko„rsatish salonlari, sport va sport-
tomosha zallari va avtoturargohlarni ham tabiiy yoritishsiz loyihalashtirish 
mumkin. Barcha jamoat binolari 
nogironlar
va 
aholining kam harakatlanuvchi

shu jumladan aravachalarda harakatlanuvchi guruhlarining ehtiyojlarini hisobga 
olgan holda qurilishi zarur.


30 
Maishiy xonalardagi qatorlarning o„qlari orasidagi masofalar va o„tish 
yo„llarining kengligi quyidagi jadval bo„yicha qabul qilish zarur [41]: 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin