37
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko„zda tutilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta‟lim muassasalarining binolarida
xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi
ovqat tayyorlanadigan blok
loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- oshxona, tarqatish bo„lmasi bilan;
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi;
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona;
- yuklash xonasi;
- xodimlar xonasi;
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo„lmasi.
Kompozitsion
yechim
maktabgacha
ta‟lim muassasalari xonalari
joylashtirilishining
zichlashtirilgan, blokli
va
pavilon
ko„rinishidagi uchta asosiy
turini belgilab beradi.
Zichlashtirilgan
(markazlashtirilgan)
tur – muassasa
sig„imi kichik
bo„lganida qo„llaniladi, undagi barcha funksional xonalar bitta binoda
joylashtirilishi ko„zda tutiladi.
Blokli
turga mansub binolarda turli funksional guruhlar turli bloklarda
joylashtiriladi. Sig„imi 140 o„rindan 220 o„ringacha bo„lgan MTM larini
loyihalashtirishda qo„llaniladi.
Pavilon ko„rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda
qo„llaniladi. Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: