O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
 


39 
5.3. Hajmiy-rejali yechim 
Umumta‟lim muassasasi binosining balandligi 3 qavatdan oshmasligi zarur. 
Shahardagi imoratlar zich qurilgan sharoitlarda ta‟lim muassasalarini 4 qavatli 
bo„lishiga yo„l qo„yiladi. Umumta‟lim muassasalarini avval qurilgan 4-5 qavatli 
binolarda joylashtirilishida to„rtinchi va beshinchi qavatlarni o„quvchilar kam 
qatnaydigan o„quv xonalari uchun ajratish lozim. Har bir sinfning to„ldirilishi 25 
ta o„quvchidan oshmasligi zarur. 
Maktablardagi barcha xonalar ikkita asosiy guruhga bo„linadi: 
1.
 
O„quv xonalari: 
- 1-4 sinflar (o„qitishning I bosqichi) uchun o„quv xonalari; 
- 5-9 sinflar (o„qitishning Iiva III bosqichlari)uchun o„quv va laboratoriya 
xonalari; 
- mehnat va kasb-xunar yo„nalishi bo„yicha o„qitish uchun xonalar. 
2. Umummaktab xonalari: 
- majlislar zali va jismoniy tarbiya mashg„ulotlari o„tkaziladigan zal; 
- ovqat tayyorlanadigan blok; 
- ustaxonalar; 
- ma‟muriy-xo„jalik xonalar; 
- kutubxona va boshqa xonalar. 
Ta‟kidlash zarurki, maktab binolarini loyihalashtirishda o„quv va 
umummaktab xonalari alohida ishlashini ta‟minlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi, 
sababi 
umummaktab 
xonalari 
o„quv 
mashg„ulotlari 
o„tkazilmayotgan vaqtda mikrotuman uchun ishlashi mumkin. 
Asosiy o„quv xonalarining maydonlari bitta o„quvchiga to„g„ri keladigan m
2
hisobidan qabul qilinishi lozim. 
Xonaning nomlanishi 
Bitta o„quvchiga to„g„ri 
keladigan maydon, m
2
Sinf xonalari, o„quv kabinetlari 
2,5-3,5 
Tabiiy fanlar bo„yicha laboratoriyalar, chizmachilik va rasm 
kabinetlari 
2,4 
Informatika va hisoblash texnikasi kabineti 
6,0 
Lingafon kabineti 
2,4 
Mehnat ta‟limi ustaxonalari 
6,0 
Maktab-internatlardagi yotoqxonalar 
4,0 
Bunda sinflardagi o„quvchilar soni 25 taga teng bo„lishi lozim. 
1-4 sinflar uchun o‘quv seksiyalari
boshqa yoshdagi guruh o„quvchilari 
uchun mo„ljallangan xonalar va kabinetlardan ajratilgan holda, alohida blok 
ko„rinishida loyihalashtiriladi.


40 
Ushbu blok tarkibiga sinf xonalaridan tashqari mehnat ta‟limi ustaxonasi, 
uzaytirilgan kun guruhlari uchun universal xona, rekreatsiya xonasi va sanitariya 
bloki kiritiladi. 
5-9 sinflar uchun o‘quv seksiyalari
o„quv kabinetlari va laboratoriyalar 
bazasida shakllantiriladi. 
O„quv xonalari quyidagilardan iborat: ishchi zona (tahsil olayotganlar uchun 
o„quv stollarining joylashuvi), o„qituvchining ishchi zonasi, ko„rgazmali o„quv 
qo„llanmalari va o„qitishning texnik vositalari (O„TV)ni joylashtirish uchun 
qo„shimcha zona, o„quvchilar yakka tartibda shug„ullanishi uchun maxsus zona. 
Umumta‟lim maktablarining asosiy sinf xonalari uchun yorug„lik bo„yicha 
talab qilingan tomonlar janub va janubi-sharq hisolanadi. Rassomlik, 
chizmachilik va rasm kabinetlari uchun yorug„lik bo„yicha tavsiya etilgan 
tomon –shimol. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin