52
6.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi
Mehmonxona binolari bir nechta asosiy ko„rsatkichlar bo„yicha toifalandi:
Sig‘imi bo‘yicha
:
- kam sig„imli – o„rinlar soni 100 tagacha;
- o„rtacha sig„imli – o„rinlar soni 100 dan 500 gacha;
- katta sig„imli – o„rinlar soni 500 dan 2000 gacha.
Qavatliligi bo„ycha:
- kam qavatli – 1-2 qavat;
- o„rtacha qavatli – 3-5 qavat;
- yuqori qavatli – 6-9 qavat;
- ko„p qavatli – 10-40 qavat;
- osmono„par – 40 va undan ko„p qavatli.
Vazifasi bo‘yicha
(mehmonxona binolari uchun asosiy tipologik belgi –
ularning vazifasi):
- umumiy;
- konferens-otel, kongress-otel;
- sayyohlar uchun mo„ljallangan;
- kurort;
- kempinglar.
Qulayliklar darajasi bo‘yicha
: mehmonxonalarning
Rossiyada qabul
qilingan razryadlari xalqaro standartlar bo„yicha yulduzlar soniga mos keladi:
oliy A - *****;
oliy B - ****;
I - ***;
II - **;
III - *.
Xalqaro amaliyotda mehmonxonalar qulaylik darajasiga bog„liq ravishda bir
nechta qurilish razryadlariga ajratiladi. Ularning soni turli mamlkatlarda 3 dan 7
gacha o„zgarishi mumkin. Ispaniyada qulaylik
darajasi yulduzchalar bilan
belgilanadi; Gretsiyada – harflar bilan; Avstriyada – klasslar bilan;
Polsha va
Bolgariyada – toifalar bilan va hk. Bu kabi bo„linishlar
uchun asosiy mezon
sifatida nomerlar fondining sifatiy tarkibi xizmat qiladi: bir, ikki o„rinli va sig„imi
ko„proq bo„lgan nomerlar – bir xonali, shuningdek ko„p xonali lyuks nomerlar va
apartamentlarning foizda ifodalangan o„zaro nisbati.
Nomerlar fondining sifati
shuningdek apartamentlardagi nomerning pardozlanishi,
mebellar bilan
jihozlanishi va texnik uskunalanishi bilan ham tavsiflanadi .
Ushbu daraja belgilanishining ikkita asosiy usuli mavjud bo„lib, birinchisida
statistik ko„rsatkichlar, ya‟ni vannaxonasi va sanitariya bo„lmasi bo„lgan
53
nomerlarning aniq belgilangan nisbati, umumiy foydalanish uchun mo„ljallangan
xonalarning funksional tarkibi (basseyn, sauna
va shu kabilarning bor yoki
yo„qligi) bo„yicha belgilanadi; ikkinchisida – material
bazaning sifatiga emas,
balki dinamik omillarga, ya‟ni servis xizmatining sifatiga qarab belgilanadi [26].
Dostları ilə paylaş: