59
Bu qismlarning turlicha o„zaro joylashuvi va yechimlari hisobiga
mehmonxonalarning
turlicha
hajmiy-fazoviy
tuzilmalari
yaratiladi.
Tuzilmalarning asosiylarini ko„rib chiqamiz:
- mehmonxonaning turar joy va jamoat qismlari bitta binoda joylashgan;
- mehmonxonaning turar joy va jamoat qismlari turli, lekin o„zaro bog„liq
bo„lgan korpuslardan joylashgan;
- mehmonxonaning turar joy va jamoat qismlari mustaqil va o„zaro
bog„lanmagan binolarda joylashgan.
Birinchi variant qo„llanilganida umumiy foydalanishdagi xonalar pastki
qavatlarda, turar joy xonalari esa – yuqori qavatlarda joylashtiriladi.
Pastki
qavatlardagi jamoat xonalarining maydoni, odatda, turar joy qismining
maydonidan kattaroq bo„lib, yuqorisida mehmonxonaning turar joy qismi
joylashgan o„ziga xos stilobat hosil qiladi. Qurilish amaliyotida keng
qo„llaniladigan bu kabi usul imorat maydonini sezilarli darajada qisqartirish
imkoniyatini yaratadi. Turar joy va jamoat qismlarining
turli korpuslarda
joylashuvida ularning qavatliligi va hajmiy-fazoviy yechimlari o„rtasidagi
farqlanish yuzaga keladi. Bu kabi kompozitsion yechim, lekin qurilish uchun
avvalgi variantga qaraganda ko„proq maydon ajratilishini talab qiladi va
qo„llanishi uchun doim ham imkoniyat bo„lmasligi mumkin. Uchinchi, ya‟ni
pavilon ko„rinishidagi variant xonalarning barcha guruhlari uchun yechimlarning
erkin tanlanishi uchun imkoniyat yaratadi va mehmonxonaning funksional va
konstruktiv nuqtai nazarda aniq bo„linishini ta‟minlaydi,
lekin boshqa
variantlarga qaragan ancha katta maydon ajratilishini talab qiladi. Shu sababdan
ushbu usulda quriladigan mehmonxonalar, asosan, shahar tashqarisidagi bo„sh
hududlarda joylashtiriladi. Amaliyotda mehmonxonalar va mehmonxonalar
komplekslari uchun hajmiy-fazoviy yechimlarning turli kombinatsiyalari
qo„llaniladi.
Mehmonxona korpuslari uchun nomerlar joylashuvi turlicha bo„lgan
yo„laklari (minimal kengligi – 1,6-1,8 m) mavjud rejaviy sxemalar qo„llaniladi:
-
ikki tomonida nomerlari joylashgan bitta yo‘lakli
turar joy qavatining
rejasi;
-
nomerlar yo‘lakning bir tomonida joylashgan
turar
joy qavatining rejasi;
bu usul nomerlar muayyan yo„nalishga qaratilishi lozim bo„lgan hollarda
qo„llaniladi;
- perimetr bo„yicha yopiq yo„lakka ega bo„lgan turar joy qavatining rejasi;
- ikkita yo„lakli turar joy qavatining rejasi, bunda yo„laklar o„rtasida vertikal
kommunikatsiyalar va tabiiy yoritilishga ega bo„lmagan xizmat xonalari
joylashtiriladi; nomerlar yo„laklarning tashqi tomonlarida joylashtiriladi;
60
- markaziy qismida liftli yoki zina-lift uzeli mavjud seksiyali tuzilmaga ega
bo„lgan turar joy qavatining rejasi; har bir seksiya
ikki tomonida nomerlar
joylashgan va perimetri bo„yicha yopiq yo„lakka ega bo„lishi mumkin;
- rejaviy tuzilmalarning turlicha kombinatsiyalari asosida shakllangan turar
joy qavati.
Rejaning geometrik shakli ham turlicha bo„lishi mumkin :
-
to‘g‘ri to‘rtburchakli
: qavatlar soni va uzunligi turlicha bo„lgan
mehmonxona binolarida qo„llaniladi. Bunda turar joy qavatlarining yo„lakli yoki
galereyali tuzilmalari va vertikal kommunikatsiyalar hamda nomerlarga xizmat
ko„rsatuvchi navbatchi xodimlar uchun mo„ljallangan xonalar joylashishining
turlicha variantlaridan foydalaniladi; rejaning bu kabi shakli asosida plastina yoki
parallelopiped shaklidagi ixcham hajmlar yaratiladi.
- rejaning ixcham shakli (aylana, ellips, kvadrat, uchburchakka o„xshash)
minora turidagi mehmonxona binolarini qurishda foydalaniladi; vertikal
kommunikatsiyalar uzeli, odatda, binoning markaziy
qismida joylashtiriladi;
qavatlardagi yo„laklar siqilgan; ixchamligi (kompakt bo„lgani) tufayli qavatdagi
nomerlar soni 10 dan 27 tagacha cheklanadi;
- turar joy qismining
murakkablashtirilgan
rejasi: rejaning “uchbarg”,
“xoch”, V-, L-, Z- va G-simon shakllari, egri chiziq va elpig„ich ko„rinishidagi
kompoziyalar; odatda, nomerlargacha masofani qisqartirish uchun zina-lift uzeli
binoning markaziy qismida joylashtiriladi.
Jamoat xonalarining murakkab tizimini guruhlanishi turli
atrium
bo„shliqlar
asosida amalga oshirilishi mumkin. Rejaning atriumli shakli bitta qavatda
joylashtiriladigan nomerlar sonini oshirish imkoniyatini beradi.
Bunda
atriumning orayopmalari zamonaviy fazoviy kontsruksiyalardan foydalanib,
odatda, yorug„ o„tkazadigan shaffof materiallarni qo„llagan holda bajariladi.
Qishki bog„ sifatida bir qismi faol ko„kalamzorlashtirilgan atrium hovli o„rta
asrlarga xos karvonsaroy metamorfozasini emas, balki kompozitsion-badiiy
yechimlari landshaft arxitekturasi vositalari yordamida amalga oshiriluvchi bog„-
pationi eslatadi.
Dostları ilə paylaş: