68
Bu guruhlarni bir-biridan
rejali va konstruktiv tarzda, buzishga qarshi
muayyan darajadagi mustahamlikka ega devorlar bilan ajratish lozim.
7.5. Bank binosining funksional bloklari
Bank binosi normal faoliyat yuritishi uchun uning tarkibida quyidagi
funksional blokla
r bo„lishi lozim:
- hisob yuritish-operastiyalar bloki;
- kassa bloki;
- qo„riqlash bloki;
- ofis xonalari bloki;
- hisoblash markazi;
- yordamchi xonalar.
Bank binolari uchun turli funksional, rejaviy va tipologik sxemalar mavjud.
Ularning har birida bir tomondan – mijoz uchun, ikkinchi tomondan esa – bank
xodimi uchun yaratilganeng qulay sharoitlar asos bo„lib xizmat qiladi
1. Hisob yuritish-operastiyalar bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
- axborot-ma‟lumotnoma zali;
- operastiyalar zali;
- buxgalteriya xonasi;
- operastiyalar zali qoshidagi elektron-hisoblash texnikasi uchun xona.
Axborot-ma’lumotnoma zali
bank binosida vestibyul funksiyasini bajaradi,
uningvazifasi – bank binosida mijozlarni saralashdan iborat, bu yerda turli vizual
axborot va chaqiruvchi tablo joylashtriladi. Bankning asosiy xonasi, ya‟ni
operastiyalar zalibar‟ervositasida maydoni deyarli bir xil bo„lgan ikki:
mijozlar
zonasi
va
hisob yuritish-operastion xodimlar zonasi
gaajratiladi. Operastiyalar
zalining maydoni bar‟er yonidagi xodimlar zonasida joylashadigan bitta hisob
yuritish-operastion xodimga 12 m
2
dan to„g„ri keladigan qilib belgilanadi. Bar‟er
poldan 115 sm balandlikdagi gorizontal panelga ega bo„lishi lozim. Operastiyalar
zali, odatda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun alohida qilib loyihashtiriladi.
Hisob yuritish-operastiyalar xonalarining maydoni bir xodim uchun 6 m
2
to„g„ri
keladigan qilib qabul qilinadi. Operastiyalar bloki qoshida hisoblash texnikasi
uchun alohida xonalar loyihalashtiriladi.
2. Kassa bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
- kassa zali;
- kassa uzeli.
Kassa zali
mijozlar zonasi va
mijozlar pulni qayta hisoblashi uchun
mo‘ljallangan zonaga
bo„linadi.
69
Funksional vazifalariga ko„ra kassa uzeli takribiga kiruvchi
kassa kabinalari
(operastion kassalar)
ning fronti mijozlar zonasiga qaratiladi. Mijozlar zonasining
maydoni bitta operastion kassa uchun 12 m
2
dan qilib, mijozlar pulni qayta
hisoblashi uchun mo„ljallangan zonalar maydoni esa – bitta operastion kassa
uchun 4 m
2
dan qilib qabul qilinadi.
Kassa uzeli
tarkibiga quyidagilar kiradi:
- operastion kassalar;
- kassirlarning xonalari;
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok;
- inkassastiya xonalari.
Operastion
kassalarning
maydoni,
odatda,
6 m
2
ga
teng
qilib
loyihalashtiriladi. Operastion kassa kabinasining eshigi kengligi 1400 mm dan
kam bo„lmagan kassa orti maydoniga chiqishi kerak. Har bir kassa yonida
mijoz
pulni qayta sanashi uchun xona
ko„zda tutilgan bo„lishi zarur.
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok quyidagilardan iborat:
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xona (ombor);
- individual seyflar joylashgan xona.
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xonaning to„suvchi konstruksiyalar
(devorlari, poli va shipi) qobig„i qalinligi 300 mm dan kam bo„lmagan
yaxlit
fibrobetondan bajarilishi lozim. Bunda yondosh xonalar o„rtasidagi devorlar va
ushbu qobiq oralig„ida ombor oldi xonasidan ko„rish mumkin bo„lgan eni
800 mm dan kam bo„lmagan
ko‘rik yo‘lagi
bo„lishi lozim. Qobiqning yuqori
yuzasi va orayopma o„rtasida 250 mm dan kam bo„lmagan zazor (oraliq)
qoldirilishi lozim. Inkassastiya mashinalarini
yuklash-tushirish boksining
o„lchamlari – 10x6x3,5 m. Bevosita boks yonida
qimmatbaho buyumlarni
inkassastiya mashinalaridan ushbu buyumlar saqlanadigan omborga tushirish-
yuklash xonasi joylashtiriladi .Kassa uzelining barcha xonalari juda ixcham
(kompakt) va boshqa xonalardan funksional ajratilgan bo„lishi lozim, bunda
kassa uzeli xonalarning quyidagicha o„zaro bog„liqligi ta‟minlanishi kerak:
- qimmatbaho buyumlar olib kelinganida kassa uzeliga kirish inkassastiya
mashinalarini yuklash-tushirish boksida
amalga oshirilishi lozim;
- boksdan kirish inkassastiya mashinalaridan qimmatbaho buyumlarni qayta
yuklash xonasida bajarilishi va bu xona qimmatbaho buyumlar ombori bilan
bog„langan bo„lishi shart;
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborga kirish faqat ombor oldi
xonasidan amalga oshirilishi kerak;
- pul mablag„larini qayta sanash xonasi ombor oldi xonasi va operastion
kassalar bilan yaqindan bog„langan bo„lishi lozim.
70
3. Qo‘riqlash bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
- nazorat markazi xonasi;
- qo„riqchilar xonasi;
- qurol o„qlash va
tozalash xonasi;
- qurol saqlanadigan xona.
4. Ofis xonalari bloki
tarkibiga bo„limlar va bank rahbariyati uchun
mo„ljallangan xonalar kiradi.
Tajriba shuni ko„rsatayaptiki mamlakatimizdagi ofislar – ixtiyoriy
rejalashtirilgan amerikacha ofis-park yoki yo„lakli sxema bo„yicha tashkil etilgan
ana‟anaviy Yevropacha ofislar emas, balki xonalari anfilada tizimida o„zaro
birlashtirilgan, ya‟ni ma‟lum darajada bir-biridan ajratilib qurishga asoslangan
ofislardir:
a) bo„limlardagi xonalar:
- kredit bo„limi;
- aholidan omonat qabul qilish bo„limi;
- yuridik bo„lim;
- qimmatli qog„ozlar bo„limi;
- audit bo„limi;
- valyuta bo„limi;
- kartochkalar bilan ishlash bo„limi;
- iqtisodiy bo„lim;
- xo„jalik bo„limi;
- pensiya bo„limi.
B) bank rahbariyati xonalari:
- qabulxona;
- bank boshqaruvchisining kabineti;
- uning o„rinbosarlari kabinetlari.
5. Yordamchi xonalar:
- arxiv;
- blanklar
saqlanadigan xona;
- xizmat ko„rsatuvchi xodimlar xonasi;
- dam olish xonasi;
- xo„jalik anjomlari saqlanadigan omborlar;
- sanitariya bloklari;
- texnik va muhandislik xonalari.
71
Yordamchi xonalar har bir blok qoshida tanlangan rejalashtirish sxemasiga
bog„liq ravishda joylashtiriladi. Bank binosining badiiy obrazi ijtimoiy omillar,
bank joylashgan hududdagi mavjud shaharsozlik vaziyati,
hajmli-fazoviy va
konstruktiv yechimlarga bog„liq holda shakllantiriladi. Mamlakatimizdagi
zamonaviy bank qurilishida bank binosi tashqi ko„rinishining ikkita yo„nalishini
kuzatish mumkin: an‟anaviy, tarixiy merosga murojaat qilish va muayyan
me‟moriy uslub alomatlari bo„lmagan rastional yo„nalish, ya‟ni bank ofis yoki
biznes-markaz sifatida qabul qilinadi. Odatda, birinchi yo„nalish qo„llanilganida
salobatli va hashamdor qiyofaga ega binogavdalanadi, ikkinchi yo„nalishda esa –
soddaroq, xalq ommasiga yaqinroq bo„lgan bank binolari tasavvur qilinadi.
Dostları ilə paylaş: