73
VIII BOB. SPORT INSHOOTLARI
8.1. Sport inshootlarining klassifikatsiyasi
Sport inshootlari quyidagi turlarga bo„linadi:
- ochiq va yopiq;
- yozgi va qishki;
- hajmli va yassi;
- universal va ixtisoslashtirilgan.
Asosiy vazifasiga ko‘ra:
- o„quv mashg„ulotlari va
mashqlar uchun;
- namoyishlar uchun;
- jismoniy tarbiya-sog„lomlashtirish uchun;
- bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi.
Shaharsozlik alomati bo„yicha aholi yashaydigan hududda aholiga xizmat
ko„rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga
muvofiq sport inshootlari
umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga
ajratiladi. Undan tashqari,
sanoat, shahar atrofi va ko„kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham
bo„lishi mumkin.
Tekis
ochiq
sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- sport inshootining markaziy yadrosi (asosi);
- stadion;
- sport o„yinlari uchun maydonchalar:
- badminton uchun 15x8 m;
- basketbol uchun 28x16 m;
- voleybol uchun 24x15 m;
- gorodki uchun 30x15 m;
- tennis uchun 40x20 m;
- yengil atlektika va konkida yugurish uchun yo„lakchalar.
Sport inshootining markaziy yadrosi
– atrofi yengil atletika yo„lakchasi
bilan o„ralgan sport o„yinlari uchun maydon. Yugurish yo„lakchasi sektorlarida
yoki uning to„g„ri uchastkalarining tashqi perimetridan
tashqarida sakrash va
sport snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi.
Stadion
– o„quv mashg„ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o„tkazish
kabi murakkab funksiyalarga ega sport kompleksi;
uning tarkibiga quyidagilar
kiradi: tomoshabinlar uchun o„rinlari bo„lgan sport yadrosi, sport o„yinlari uchun
maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi hududlar va xonalarga ega
ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini
loyihalashda sport
yadrosi va stadioni maydoni, shuningdek sport o„yinlari uchun mo„ljallangan
74
maydonchalarning bo„ylama o„qi janubdan shimolga yo„naltirilishiga qat‟iy rioya
qilish zarur.
Yopiq sport inshootlari:
- sport zallari (tomoshabinlar uchun o„rinlarsiz)
va sport korpuslari;
- yopiq tennis kortlari;
- yopiq basseynlar;
- yaxmalaklar;
- sport saroylari;
- yopiq stadionlar;
- tirlar.
Dostları ilə paylaş: