80
hovlisining mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o„ziga xos
xususiyat hisoblanadi.
Yuqorida sanab o„tilgan tomoshalar ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning
har bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, va shu
bilan birga, badiiylikni ta‟minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi
tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul
mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga
bo„linadi:
- tomoshabinlar kompleksi;
- kinoapparatlar xonasi;
- xizmat-xo„jalik xonalari.
Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki –
tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa –
tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog„liq xonalar guruhidan
iborat.Tomosha ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning har bir turi uchun xos
bo„lgan xususiyatlar haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz.
Dostları ilə paylaş: