Tomoshalarni namoyish etish komplek xonalari Teatr
binosining
funksional-rejali
yechimining
asosiy
maqsadi –
tomoshabinlar spektaklni tomosha qilishi va o„zlashtirishi hamda ijodiy jamoa
spektaklni tayyorlashi va namoyish etishi uchun qulayliklar kompleksini
yaratishdan iboratdir.
Tomosha zalining sig„imini, teatr turi va vazifalariga bog„liq holda,
quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi:
dramatik teatr – 500-800 o„rinli;
musiqa-dramatik teatr – 500-1000 o„rinli;
musiqali komediya teatri – 800-1200 o„rinli;
opera va balet teatri – 1200-1500 o„rinli.
Teatrlarning boshqa sig„imlari loyihalash topshirig„i bilan belgilanadi.
Tomosha zalining maydoni bir o„rin uchun 0,7 m
2
hisobidan qabul qilinadi.
Tomosha zalining maydoni (balkon, loja va yaruslarni ham qo„shib hisoblaganda)
sahna, sahna oldi yoki orkestr o„rasining to„suvchi konstruksiyalari chegarasi
bilan belgilanadi.
Teatr tarixida teatr tomoshalarini tashkil etishning ikkita tizimi shakllangan:
ochiq va
chuqur . Antik davrlarda shakllangan birinchi tizimda tomoshabinlar va
sahnadagi voqealarni yagona zalda birlashtiriladi. Bunda tomoshabinlar
sahnaning uch tomonida joylashadilar. Renessans va barokko davrlarida
shakllangan ikkinchi tizimda sahnadagi voqealar tomosha zalidan portal ramasi
bilan ajratiladi. Bugungi kunda sahnadagi voqealarni namoyish etishning yangi
shakllarini yaratishga qaratilgan izlanishlar natijasida tezkor transformatsiyalarni
bajarish texnikasiga asoslangan ko„plab uslublar qo„llanilmoqda.
Portal yoki chuqur sahna Chuqur sahnada namoyish etilayotgan spektakl tomoshabin tomonidan
aynan tomosha sifatida qabul qilinadi, sahnadagi voqealar boshqa muhitda,
tomosha zalidan ajratilgan “boshqa dunyoda” kechadi. Portal sahna va tomosha
zali o„lchamlari va shaklini belgilovchi parametr sifatida o„yin maydonchasining
o„lchamlari xizmat qiladi.
Amaliyot shuni ko„rsatdiki, dramatik spektakllarning faol ko„rinishlari
kengligi 8 metrdan 14 metrgacha, chuqurligi 5 metrdan 10 metrgacha bo„lgan
maydonchada ro„y beradi.
86 Balet ishtirokidagi musiqali teatrlarda o„yin maydonchasining o„lchamlari
12x12 metrdan kam bo„lmasligi zarur. Dramatik teatrdagi portal kengligi 10-14
metrga, opera va balet teatrda esa – 14-16 metrga teng bo„ladi.