89
Sahna oldining uzunligi qurilish portali kengligidan kam bo„lmagan qilib
loyihalashtiriladi. Yon qanotlar bo„lmagan hollarda sahna oldidan tomoshabinlar
o„tiradigan birinchi qatorgacha zaldagi o„tish yo„llariga olib boruvchi kamida
ikkita zina yoki pandus loyihlashtiriladi. Shuningdek,
sahna oldi perimetri
bo„yicha yaxlit zina ko„zda tutilishi ham mumkin. Sahna pardasi tushirilgan
holatlarda ham sahna oldiga chiqish uchun imkoniyat yaratilishini ta‟minlash
tavsiya etiladi.
Pol sathidan turtib chiqqan konstruksiyalarning pastki qismlarigacha
balandlik 2,1-2,4 metr qilib qabul qilinadi. Orkestrning bitta artisti uchun
maydon – kamida 1,3 m
2
. Loyihalashtirishda orkestr o„rasi o„rnini yopish va o„ra
to„sig„i hamda polini o„zgartirish imkoniyatlarini ko„zda tutish tavsiya etiladi.
Sahna oldining orkestr o„rasi ustiga osilib turishi dramatik va musiqali-dramatik
teatrlarda o„ra kengligining 1/3 qismini, musiqali komediya hamda opera va balet
teatrlarida ¼ qismini tashkil etadi. Orkestr o„rasi o„rnining yon tomonlarida
(tomosha zali devorlaridan hisoblaganda) eni kamida 1,2 metrni tashkil qiluvchi
sahna oldi uchastkalari qoldiriladi. Sahna oldi orkestr o„rasi
ustidan osilib
turganida orkestr o„rasida sahna tomonga pasayib ketuvchi zinapoyasimon pol
loyihalashtirilishi mumkin. Tomosha zalining tuzilishi sahna bilan uzviy
bog„liqdir. Misol uchun, sahnada ro„y berayotgan voqealarni portal kengligi bilan
chegaralangan o„rinlar zonasida bemalol ko„rish, eshitish va anglash mumkin.
Dramatik teatrda tomoshabin aktyor mimikasini sahna “qizil liniyasi”dan 25 metr
uzoqlikdan tushuna oladi. Opera teatrida bu masofa 32 metrni tashkil qiladi.
Undan tashqari, yaxshi ko„rish va eshitishning eng qulay gorizontal va vertikal
burchaklari ham me‟yorlanadi. Tomosha zalining ikkita asosiy turi mavjud –
yarusli
va
amfiteatr
.
Tomosha zalining hajmi dramatik teatrda bitta tomoshabin o„rni uchun 4-6
m
3
, opera teatrida – 6-8 m
3
qilib hisoblanadi. Zaldagi tomoshabinlarning o„rinlari
bitta tomoshabin uchun 0,7-0,8 m
2
hisobidan loyihalanadi.
Bitta zalda janri va sahnaviy yechimlari turlicha bo„lgan spektakllar, jamoat
tadbirlari, kinofilmlar, konstertlar va shu kabi tomoshalarni
namoyish qilishda
zarur bo„lgan shart-sharoitlarni ta‟minlash uchun sahna va tomosha zalining
transformatsiyasi qo„llaniladi. Teatrlarda
rejali
va
fazoviy
transformatsiyalar,
shuningdek ularning turlicha kombinastiyalari qo„llanilishi mumkin. Sahna va
zalda me‟moriy-rejali yechimlarning turli variantlarini rejali transformatsiya
yordamida yaratgan holda turli tadbirlarni o„tkazishda
zal va sahnaning asosiy
parametrlari – hajmi va shakli o„zgartirilmaydi. Fazoviy transformatsiya esa
radikal vosita hisoblanib, u yordamida zallarning nafaqat shakli va hajmini,
shuningdek sonini ham o„zgartirish mumkin.
90
Natijada, har bir o„tkaziladigan tadbir uchun zarur hajm va shaklga ega
zalga ega bo„lish hamda inshootdan foydalanish
samaradorligini oshirish
imkoniyatlari yaratiladi.
Sahna qoshida texnologik ta‟minot xonalari: yon tomondagi devorlarni
yoritish lojalari: zal tepasiga olib chiqiladigan sofitlar saqlanadigan xonalar
(tomosha zali tepasida), chiroq proektorlari, chiroq apparatlari xonalari (tomosha
zalining orqa devori ortida): frontal yoritish chiroqlari uchun xona (frontal
yoritish lojasi), ovoz apparaturasi o„rnatilgan xona, diktorlar va tarjimonlar
kabinalari, ovoz operatori lojasi (tomosha zalining orqa devori ortida yoki
tomosha zali tarafdan shu devor yonida); rirproeksiya xonasi (sahna yoki
arersahna ortida); tiristor xonasi (sahna yaqinida).
Dostları ilə paylaş: