91
Yon tarafdagi yoritish lojalari zalning bo„ylama o„qiga nisbatan 55
0
va 65
0
gradusli burchaklar bilan chegaralangan va cho„qqisi
avansahnaning oldingi
chegarasidagi zonada joylashtiriladi. Yoritish lojasi o„rnining kengligi 1,8
metrdan kam bo„lmasligi lozim. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritish
lojalarining soni ikkitadan kam bo„lmasligi kerak.
Pastki yoritish lojasi polidan sahna plansheti sathigacha bo„lgan masofa
kamida 2,5 metr, ustma-ust joylashgan lojalar pollari sathlarining o„rtasidagi
maofa 2,5 metrdan kam bo„lmasligi lozim. Lojalar chuqurligi kamida 2 metr qilib
loyihalanadi. Balandligi va kengligi 2 metrdan kam bo„lmagan ko„chma sofit
xonasi tomosha zali tepasida shunday
joylashtirilishi lozimki, yoritish
asboblarining optik o„qlari gorizontal tekislikka 50
0
dan 60
0
gacha burchaklar
o„rtasida, cho„qqisi avansahna (orkestr o„rasi baryeri)ning old chegarasidan sahna
tomonga 1 metr masofada; 9
0
dan 15-20
0
gacha burchaklar o„rtasida, cho„qqisi
o„yin portali yuqori qismida “qizil liniya”dan sahna ichiga 1
metr masofadagi
sathdatushadigan nurlar bilan chegaralangan zonada bo„lishi kerak.
Sahnaga xizmat ko„rsatuvchi xonalar.
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar
sirasiga quyidagilar kiradi:
- sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar;
- artistlarning pardozxonalari (grimxonalari);
- repetitsiya xonalari;
- omborxonalar.
Sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar
bir vaqtning o„zida tezda kiyim
almashtirish va grimni
almashtirish yoki tuzatish, sahnaga chiqishlar orlig„ida
dam olish yoki so„nggi tayyorgarlikni ko„rish, birinchi yordam ko„rsatish,
ijrochilarning kostyumerlar va rekvizitorlar bilan tezkor bog„lanishi uchun ham
xizmat qiladi. Amaliyotda bu kabi xonalarning ikkita turi mavjud bo„lib,
birinchisi – o„lchamlari nisbatan kichik bo„lsada, qulaylik darajasi yuqoriroq –
dramatik va musiqali drama teatrlari uchun, ikkinchisi – sahnaga chiqish oldidan
so„nggi tayyorgarlik ko„rishga mo„ljallangan va muvofiq uskunalarga ega
qo„shimcha zonasi bo„lgan musiqali komediya teatrlari uchun mo„ljallangan
xonalardan iborat bo„ladi. Ikkinchi turdagi xonalar yosh tomoshabin teatrlari,
pantomima va intensiv harakatlar bilan bog„liq boshqa teatrlar uchun ham tavsiya
etiladi. Sahnaga chiqish uchun xona maydoni bir vaqtda yig„iladigan artistlar
sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Dramatik va musiqali drama teatrlarida
har bir xonada bitta artist uchun kamida 1,7 m
2
, musiqali komediya teatrlarida –
1,8 m
2
, opera va balet teatrlarida – 19 m
2
qilib belgilanadi.
Artistlarning pardozxonalari (grimxonalari)
sahna yoki repetitsiya
kostyumini kiyish, grimni qo„yish va olish, gigienik amaliyotlarni bajarish, dam
92
olish, repetitsiya ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni
o„tkazish va matn hamda boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo„ljallangan.
Xonalardagi artistlar soniga qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi
uchun, 2 tadan 6 tagacha kishidan iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko„p artistni
sig„diradigan – umumiy (yoki ommaviy) bo„lishi mumkin. Vazifasi (janri)
turlicha bo„lgan teatr binolari uchun pardozxonalarning
uchta asosiy turi
loyihalashtiriladi: dramatik, musiqali drama aktyorlari, musiqali teatr xonandalari
va balet artistlari uchun pardozxonalar. Sahnalashtirish (postanovka)da
qo„llaniladigan anjomlar uchun omborlar sahnada o„rnatish uchun tayyor sahna
bezaklari va anjomlari saqlanadigan –
navbatchi ombor
; muayyan teatr
mavsumidagi repertuar uchun mo„ljallangan barcha bezak va anjomlar
saqlanadigan –
joriy mavsum ombori
; kam qo„yiladigan yoki repertuardan
olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta ishlatishga mo„ljallangan bezak
va anjomlar saqlanadigan –
zaxira omborlarga
ajratiladi. Alohida saqlash
prinsipiga ko„ra omborxonalar 8 ta asosiy turga bo„linadilar:
hajmli va stanok
dekoratsiyalari; mebel, butaforiya va rekvizit; kostyumlar; poyafzal;
elektr
apparatura va elektr rekvizit; ovoz texnikasi appraturasi; yumshoq va manzarali
dekoratsiyalar; pariklar va boshqa pastijyor buyumlar saqlanadigan omborlar. S-
1-S-5 sahnalar uchun repetitsiya zallarining o„lchamlari, vazifalari va soni quyida
keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: