93
Sahna turlari:
1 – chuqur portal; 2 – chuqur uch portalli; 3 – chuqur portalsiz; 4 – panoramali;
5 – halqasimon; 6 – uch tomonli; 7 – markaziy.
9.3. Sirk binolari
Sirkning tomosha zali diametri 13 metrga
teng manej, amfitetar, qubba,
estrada, orkestr xonasi, yoritish lojalari va ko‘prikchalardan
iborat. Qubba
markazida, manejning qoq tepasida 20 metr balandlikda holqa o„rnatilgan bo„lib,
gimnastik apparaturani osish va mahkamlash uchun
kolosnikli panjara montaj
qilinadi. Tomoshabinlar o„rinlari joylashtirilgan amfiteatr manejni uzluksiz halqa
shaklida o„rab turadi. Amfiteatr nishabligi manej har bir joydan aniq ko„rinishi
sharti bilan belgilanadi va tomoshalar uchun mo„ljallangan inshootlar orasida
qiyaligi eng katta hisoblanadi Manej poli va amfiteatrning
birinchi qatori bir
sathda joylashgan.
Orkestr uchun xona
bosh o„tish yo„li tepasining artistlar o„tish
yo„li qarama-qarshisidagi tomonida estrada ko„rinishida loyihalashtiriladi.
Orkestr uchun xona tepasida
yoritish lojasi
joylashtiriladi. Bu artistlarning
manejga chiqish yo„liga yo„naltirish bilan izohlanadi.
Halqasimon
yoritish ko‘prikchasi
manej va qubba osti yoritilishini
ta‟minlovchi projektorlar o„rnatilishi uchun xizmat qiladi.
Sirk tomoshalari
texnologiyalarining o„ziga xos xususiyatlari mavjud bo„lgani sababli ishlab
chiqarish xonalarining joylashtirilishida bir qator talablarga rioya qilish lozim.
Hayvonlar saqlanadigan
xonalar tabiiy yoritiladi, ular faqat manej poli sathida
joylashtirilishi mumkin.
94
Sirkning me‟moriy kompozitsiyasi ikkita asosiy yo„nalishdagi
tuzilmaga
ega: tomoshalar namoyish etiladigan asosiy hajm va bosh kirish yo„li tomonidan
unga yondosh qilib qurilgan ishlab chiqarish xonalari bloki;
yagona ixcham
hajmli yechim.
Dostları ilə paylaş: