98
X BOB. MUZEY VA KO„RGAZMA BINOLARI
10.1. Umumiy holatlar
Eksponatlarni saqlash va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsa
tish
muzeylar faoliyatining asosini tashkil qilib, xonalar tuzilmasi, tarkibi va
maydonini belgilab beradi. Muzeylarni loyihalashda
ikkita asosiy texnologik
oqim – tashrif buyuruvchilar marshruti va eksponatlar hamda xodimlar
harakatlanishi yo„llarini – masimal ajratish prinsipi amalga oshirilishi lozim.
Muzey faoliyati yo„nalishini binoning murakkab hajmiy-rejali tuzilmasi
belgilab berdi. Xonalarning o„zaro bog„liqligi tashrif buyuruvchilar va muzey
xodimlari oqimlarining intensivligi va muntazamligi
bilan tavsiflanadi va
quyidagi asosiy variantlarda berilishi mumkin: xonalar va intensiv oqimlar
o„rtasidagi doimiy bog„liqlik ular o„zaro yaqin va qulay, yo„llarning boshqa
oqimlar bilan kesishishini istisno qilgan holda joylashishini talab qiladi: bu,
birinchi
navbatda, vestibyul-ekspozitsiya zallari guruhi va ekspozitsiya zallari
guruhi ichidagi bog„lanishlarga taalluqlidir;
- xonalarning intensiv oqimlar bilan kam sonli bog„liklar, bunda asosiy
maqsad boshqa intensiv oqimlar bilan kesishishga yo„l qo„ymaslikdan
iborat
bo„lib, xonalarga qulay tarzda kirish-chiqish imkonyatlari ham ko„zda tutiladi;
- xonalar va kam sonli harakatlanishlar o„rtasidagi doimiy bog„liqlik,
bunda ular qulay va yaqin joylashishini talab qilinadi; oqimlarning kesishishi
muhim
ahamiyatga emas; bu kabi bog„lanish fondlar saqlanadigan xona,
fotolaboratoriya va ustaxonalar, ekspozitsiya zallari,
dam olish joylari,
ma‟muriyat xonalari o„rtasida bo„lishi kerak;
- kam sonli va epizodik harakatlanishlar istalgan xonalar guruhlari
o„rtasida yuzaga kelishi mumkin, lekin ular asosiy xonalarning o„zaro
joylashuviga ta‟sir o„tkazmaydi.