110
Muzeyning
ilmiy kutubxonasida
nafaqat joriy ilmiy adabiyotlar, balki
kollestiyalar tarkibiga kiruvchi nodir nashrlar ham saqlanadi. Kutubxona, asosan,
muzey xodimlariga xizmat ko„rsatadi. Ilmiy ishlarni yuritish uchun kutubxona
yonida maxsus xonalar ajratiladi. Ilmiy ishlar uchun mo„ljallangan xonalar
maydoni bitta ilmiy xodim uchun 4,5 m
2
va bo„lim yoki sektor rahbari uchun 9
m
2
qilib qabul qilinadi.
Kutubxona o„z fondlarini muzey spestifikasiga muvofiq shakllantiradi,
muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko„rsatadi. Aytish lozimki,
zamonaviy muzeylardagi ilmiy kutubxonalarning funksiyalari quyidagi ikki
parametr:
-
axborot saqlashning zamonaviy vositalari ilmiy kutubxonada kompyuter
zallari bo„lishini, jumladan Internet tarmog„idan erkin foydalanish
imkoniyatlari mavjudligi;
-
ilmiy kutubxona o„zining alohida qismlarida tashrif buyuruvchilar
foydalanilishiga ham mo„ljallanganligihisobiga sezilarli darajada
kengaygan.
Dostları ilə paylaş: