112
10.7. Ko„rgazma zallari
Ko„rgazmalar
kommunikativ aloqalar, tajriba almashish uchun xizmat
qiladilar. Ko„rgazmalarning asosiy vazifasi va o„ziga
xosligi u yoki bu sohada
erishilgan yangi yutuq va natijalarni aniqlash va namoyish qilishdan iboratdir.
Rejalashtirish tuzilmasi bo„yicha ko„rgazma ekspozitsiyasi tuzilishining
quyidagi turlarini ajratish mumkin:
-
muntazam o„q bo„yicha;
-
radial-halqasimon;
-
erkin-manzarali.
Ko„rgazma pavilonlarining o„lchami, odatda, katta bo„lmaydi,
eksponatlar
saqlanadigan xonalar maydoni namoyish etilayotgan material xususiyatlariga
bog„liq tarzda belgilanadi. Ko„rgazmalar ekspozitsiyaning doimiy o„zgarib turishi
bilan muzeylardan farqlanadi.
Ko„rgazma ekspozitsiyasini ko„rishga bo„lgan
talablar muzeyning
ekspozitsiya va ko„rgazma zallariga qo„yilgan talablar kabi belgilangan.
Ko„rgazmalardagi xo„jalik xonalari bloki muzeylardagiga qaraganda ko„proq
rivojlangan, bu blok tarkibiga ekspozitsiya montajini bajarish uchun yirik
ustaxonalar (masalan: duradgorlik, chilangarlik) kiradi.
Fazoviy tuzilmasi bo„yicha ko„rgazma zallarining quyidagi turlarini ajratish
mumkin:
-
markazlashgan binolar, ular rejaning ixchamligi
va funksional jihatdan
erkin universal bo„shliqqa ega bo„lgani bilan ajralib turadilar;
-
markazlashmagan binolar, ular ko„rgazmaning mavzu bo„yicha
bo„limlarga tabaqalovchialohida bloklardan iborat bo„ladi.
Ko„rgazmalarning
hajmiy-rejali
yechimi
ko„rgazma
tematikasi
o„zgarishiga qarab pavilon va ekspozitsiyalar tezkor o„zgartirilishini, barcha
pavilonlar, jumladan alohida tanlangan pavilonlar
maydoni yangi yoki
almashtirilayotgan eksponatlar o„lchamiga bog„liq ravishda o„zgartirilishini
ta‟minlashi lozim. Ko„rgazmalarda, odatda, tashrif buyuruvchilarning qarama-
qarshi oqimlari to„qnashishini istisno qiluvchi harakatlanish jadvali joriy etiladi.
Pavilon
balandligi belgilanmaydi, xizmat ko„rsatuvchi xonalar balandligi – 3,3
metrgacha bo„lishi mumkin. Ko„rgazma biron yo„nalishdagi yutuq va natijalarni
namoyish etish vositasi sifatida turli sohaga oid yangiliklarni taqdim etadi.
Pavilon ham ko„rgazma eksponati sifatida talqin etilishi mumkin – bunda
ko„rgazmaning ichki va tashqi qiyofasi yechimini yagona me‟moriy asar
yaratishga o„xshatsa bo„ladi.