119
Xo„randalarga xizmat ko„rsatishni shakli va umumiy ovqatlanish
korxonasining tavsifi ovqatlanish zallarini loyihalashtirishdagi prinsipial
omillardan hisoblanadi. O„ziga o„zi xizmat ko„rsatish korxonalari (oshxona,
yemakxona, tezkor xizmat ko„rsatishga ixtisoslashgan kafelar), odatda,
ovqatlanishdagi utilitar (tor doiradagi) ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qiladilar;
xizmat ko„rsatish ofistiantlar yordamida amalga oshiriladigan ovqatlanish
korxonalari (restoran, bar, razryadli kafelar)da xo„rrandalar tomonidan tanlangan
so„rov va ehtiyojlar qondiriladi hamda ularni dam olishi uchun ham muayyan
sharoitlar yaratilib beriladi. Xo„randalarga xizmat ko„rsatish ofistiant orqali,
bufetchi yokibarmen orqali yoxud taom tarqatish peshtaxtalari va rastalari orqali
o„ziga o„zi xizmat ko„rsatish prinsipiga asoslangan holda amalga oshirilishi
mumkin.
O„ziga o„zi xizmat ko„rsatish korxonalaridagi ovqatlanish zallari tarkibiga
taomni olish
va
taomni tanovul qilish
zonalari kiradi. Taomlar assortimenti
cheklangan yoki taomlarning kompleks to„plamlarini taklif qiladigan tezkor
xizmat ko„rsatish korxonalarida xizmat ko„rsatish barmen orqali amalga
oshirilishi mumkin, ya‟ni taomni olish zonasi taom tarqatish peshtaxtasi yonida
shakllanadi. Taomlar assortimenti kengaytirilgan korxonalarda (oshxona, kafe va
h.k.) taom olish zonasi tarkibida patnis va ovqatlanish anjomlari, gazaklar,
birinchi va ikkinchi taomlar uchun modullashtirilgan
uskunalarning elementlari
va shu kabilar uchun mo„ljallangan peshtaxtalar joylashtirilgan taom tarqatish
liniyasi bo„ylab shakllanadi.
O„ziga o„zi xizmat ko„rsatishda taom tarqatish liniyalari (zonalari) ishlab
chiqarish xonalar guruhi (issiq taom tayyorlash sexi) va ovqatlanish zali o„rtasida
bog„lovchi bo„g„in vazifasini bajaradilar, ular issiq sex bilan funksional
bog„lanishga ega bo„lib, ovqatlanish zali maydonida joylashtiriladilar.
Issiq sex
va zal orasida joylashtiriladigan taom tarqatish liniyalari ustida, agar ular orasida
to„siq bo„lmasa, yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materialdan tayyorlangan va
balandligi shiftgacha bo„lgan ekran o„rnatilishi ko„zda tutiladi. Bu ekranning
pastki qismi poldan 2 metr balandlikda bo„lishi lozim. Taom tarqatish liniyalari
ovqatlanish zalidan to„siqlar, dekorativ orayopmalar va ekranlar, guldonlar
vositasida ajratilishi lozim.
Texnologik tarqatish liniyasidan chegaralovchi ekranning to„sig„igacha
bo„lgan masofa: xo„randalar bir qator bo„lib o„tganida 0,9 m; xo„randalar ikki
qator bo„lib o„tganida 1,2 m bo„lishi kerak; texnologik tarqatish liniyasi
orqasidagi ishchi zona kengligi 1 metr qilib qabul qilinadi.
Tarqatish liniyasiga
kirayotgan va undan chiqib ketayotgan xo„randalar oqimi kesishmasligi zarur.
Restoran va kafelar zallarida uchta zonani ajratish mumkin: kirish,
ovqatlanish zali va estrada-raqsga tushish.
120
Ovqatlanish zalining (taom tarqatish zonasini hisobga olmaganda) maydoni
zaldagi bitta o„rin hisobidan quyidagi jadvalda berilgan ko„rsatkichlarga asosan
qabul qilinadi [43]:
Restoranlarda
1,8
Umumiy foydalanishdagi va oliy o„quv muassasalaridagi oshxonalarda
1,6
Kafe, gazakxona va pivoxonalarda
1,4
Kafe-avtomat, tezkor xizmat ko„rsatish korxonalari va alkogolsiz ichimliklar
barlarida
1,2
Bolalar sog„lomlashtirish maskanlari (yozgi) va yuqori sinf o„quvchilarining
sog„lomlashtirish maskalarida
1,0
Sanatoriy turidagi bolalar sog„lomlashtirish
maskanlarida
1,4
Maktablar va maktab-internatlarda:
zaldagi o„rinlar soni 80 tagacha bo„lganida
zaldagi o„rinlar soni 80 tadan ko„p bo„lganida
0,75
0,7
Kasb-hunar kollejlarida
0,8
O„rta maxsus ta‟lim muassasalarida
1,3
Sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish maskanlari (pansionatlar)dam
olish bazalari, yoshlar lagerlari, turistik bazalarda:
o„ziga o„zi xizmat ko„rsatishda
1,8
ofistiantlar xizmat ko„rsatganida
1,4
Dostları ilə paylaş: