1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati 
ularning tuzilishi hamda 
faoli yatida o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Biogeotsenozlardagi 
o‘zgarishlar davriy (siklik) va tadrijiy (izchil) bo‘ladi. Davriy o‘zgarishlar 
muhit omillarining sutkalik, mavsumiy o‘zgarishlari, shuningdek bioritmlar 
bilan belgilanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida biotsenozlar dastlabki 
holatiga qaytadi. Tadrijiy o‘zgarishlar esa bir biotsenozning asta-sekin 
boshqasi bilan almashinuviga olib keladi. 
Bir biotsenoz o‘rnini boshqa biotsenoz egallashi 
ekologik suksessiya
 
(lotincha 
«
successio» – izchillik, ketma-ketlik) deb ataladi.
Suksessiya
– biotsenoz (ekosistema)larni tashkil etgan turlarning tarkiban 
o‘zgarishi va jamoa tarkibiy tuzilishining izchillik asosida o‘rin almashinishi 
natijasida vujudga keladi.
Shunday qilib, biogeotsenoz biotsenoz va biotopning majmuasi bo‘lib, 
unda moddalarning va energiyaning davriy aylanishi amalga oshadi. 
Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ekosistemalarning funksional 
tarkibiy qismlari hisoblanadi.


22
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
ekotop, klimatop, eda fotop, 
fitosenoz, zoosenoz, mikrobiotsenoz, produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. «Biogeotsenoz» va «ekosistema» tushunchalarini taqqoslang. Ular o‘rtasidagi 
umumiylik va farqni aniqlang. 
2. Produtsentlarning ekosistemadagi ahamiyatini aytib bering? Fototrof va 
xemotrof organizmlarga misol keltiring. 
3. Redutsentlarning ekosistemadagi vazifalarini misollar asosida izohlang.
4. Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini tiklashi va barqarorligi kabi ko‘rsatkichlarining 
mohiyatini tushuntiring.
5. Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini boshqarishi deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin