1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi. 
Quruq iqlim sharoitlarida o‘sadigan o‘simliklarda suv tanqisligi kuzatiladi. 
Kuchli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi eritmaning osmotik 
bosimi yuqori bo‘lgani tufayli osimliklar uchun bunday tuproqdan suvni 
2 – Biologiya 11


34
o‘zlashtirishi qiyin. Sovuq iqlim mintaqalarida tuproqning namligi yetarli 
bo‘lsa-da, o‘simliklar suv tanqisligiga moslashadi, chunki sovuq harorat 
ildiz tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi. 
Evolutsiya jarayonida hayvonlarda tuproqda yashash uchun bir qancha 
moslanishlar paydo bo‘lgan. Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlar tanasi 
birmuncha ixchamligi, pishiq va nam yuqtirmaydigan yoki shilimshiq modda 
bilan qoplangan teri qoplamiga egaligi, ko‘rish organlari rivojlanmaganligi 
bilan xarakterlanadi. Ularda tuproqda harakatlanish uchun turli moslamalar 
rivojlangan. Masalan, buzoqbosh va krotlar tuproqni qazib, o‘zlariga yo‘l 
ochib uya quradi. Yomg‘ir chuvalchangi esa tuproq zarralarini surib o‘ziga 
yo‘l ochadi. Yer qazuvchi hayvonlarning kuraksimon oyoqlari, yomg‘ir 
chuvalchangining tayanch funksiyasini bajaruvchi gidrostatik skeleti va 
tanasidagi tukchalari, hasharotlar va ko‘poyoqlilarning esa tirnoqlari tuproq 
muhitida yashashiga imkon beradi. 
Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida.
Tirik organizmlar parazit va 
simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. 
Tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi 
boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Bir organizm 
7-rasm. 
Tuproqda yashovchi organizmlar.


35
ikkinchi organizmdan yashash muhiti sifatida foydalanishi tabiatda qadimdan 
mavjud va keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Tanasi boshqa organizm uchun 
yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladigan organizm 
xo‘jayin
deb yuritiladi. 
Parazit bakteriyalar, zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar; simbioz holda 
yashovchi sodda hayvonlar va suvo‘tlari xo‘jayin organizmdan yashash joyi 
va oziq manbayi sifatida foydalanadilar. 
Simbioz munosabatlarning bir necha xil shakllari mavjud, bu bilan siz 
keyingi mavzularda tanishasiz. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va 
to‘qimalarida yashovchi organizmlar 
endobiontlar

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin