1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Uzun kun o‘simliklari
– mo‘tadil iqlimli mintaqalarning o‘simliklari 
bo‘lib, yilning uzun kunli (13 soat va undan uzoq) davrlarida – yoz oylarida 
gullaydi. Agar kun qisqa bo‘lsa va yorug‘lik yetishmasa, bu o‘simliklar 
o‘sishda davom etadi, lekin gullamaydi. O‘simliklarning aynan shu xususiyati 
ularni ekish vaqtini belgilaydi. Uzun kun o‘simliklariga kartoshka, sabzi, 
piyoz, karam, rediska, sholg‘om kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. 
Qisqa kun o‘simliklari
tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Ular 
qisqa kun (12 soatdan kam) sharoitida, bahor va kuz oylarida gullaydi
rivojlanadi. Masalan, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring, g‘o‘za, qulupnay, 
xrizantema, kartoshkagul, shoyigul va boshq.). 
Neytral o‘simliklarning
gullashi kun uzunligiga bog‘liq emas. Masalan, 
no‘xat, qoqio‘t kabi o‘simliklar neytral o‘simliklar guruhiga mansub. 
O‘simlik va hayvonlarda fotoperiodizm hodisasini o‘rganish natijasi tirik 
organizmlarning yorug‘lik ta’siriga javob reaksiyalarini nafaqat ularning 


52
qabul qiladigan yorug‘lik miqdoriga, balki ma’lum davomiylikka ega kun 
uzunligiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bir hujayrali tirik organizmlardan 
tortib to yuksak darajada tuzilgan odam ham «biologik soat»ga ega. Biologik 
soatlar organizmlardagi mavsumiy o‘zgarishlarni va boshqa biologik 
jarayonlarni boshqaruvchi mexanizm bo‘lib, organizmlarning nafaqat sutkalik 
bioritmlarni, hatto hujayra darajasidagi jarayonlarni, masalan, hujayralarning 
bo‘linishini ham boshqaradi. 
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
yorug‘lik, yorug‘sevar, 
soya ga chidamli, soyasevar o‘simliklar, kunduzgi, kechqurungi, tungi hayvonlar, 
fotoperiodizm, uzun kun, qisqa kun, neytral o‘simliklar. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Har xil to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik nurlarining xususiyatlarini izohlang. 
2. Ultrabinafsha nurlarning tirik organizmlar uchun ahamiyatini tushuntiring. 
3. Tirik organizmlar uchun ko‘rinadigan nurlar qanday ahamiyatga ega?
4. Kun uzunligi va fotoperiodizm tushunchalariga izoh bering. Bu hodisaning 
tirik organizmlar uchun qanday ahami yati bor? 
5. Yorug‘likning intensivligiga ko‘ra o‘simliklarning ekologik guruhlariga ta’rif 
bering. 
6.. Yorug‘likning intensivligiga ko‘ra hayvonlarning ekologik guruhlariga ta’rif 
bering.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin