64
qismi hisoblanadi. Tuproqning tarkibi, strukturasi, paydo bo‘lishi, o‘zgarishi
va rivojlanishi qonuniyatlari,
tabiatdagi ahamiyati, melioratsiyasi –
tuproqning xususiyatlarini yaxshilash, unumdorligini oshirish usullari,
tuproqdan ratsional foydalanish, tuproq ifloslanishining oldini olish choralari
kabi muammolarni tuproqshunoslik fani o‘rganadi. Tuproqshunoslik faniga
rus olimi V.V. Doku chayev asos solgan.
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib
bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari,
topografik omillar
(relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi).
Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham kiritiladi.
Geologik omillarga tuproqni hosil qiluvchi tog‘ jinslari misol bo‘ladi.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinlar, atmosfera, havo harorati,
mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, mikroorganizmlar va
oʻsimliklar taʼsirida yemiriladi, ya’ni nuraydi.
Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘
jinslarining
yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o‘simliklar,
hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Evolutsiya jarayonida tirik organizmlar paydo
bo‘lgach, ularning faoliyati natijasida tuproq hosil bo‘lgan. Tuproqning
hosil bo‘lish jarayoni o‘simliklar, hayvonlar, mikroor ganizmlarning o‘zaro
uzviy va murakkab munosabatlari natijasi sanaladi. Yashil o‘simliklar
tuproqni yangi organik birikmalar bilan boyitib boradi. Natijada tog‘ jinslari
o‘zgaradi. Yer yuziga yetib kelayotgan quyosh nurlari tuproq hosil bo‘lish
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi omildir.
Tuproqda xilma-xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali
suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar,
hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar (yumronqoziq,
yerqazar, krot) yashaydi. Tuproqda yashovchi
organizmlar tuproq hosil
bo‘lishini, uning unumdorligini oshiruvchi omillardan hisoblanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati tuproq hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omildir. Hozirgi davrda Yer yuzida inson ta’siri bo‘lmagan joy kam
qoldi. Yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish, o‘tlarni o‘rish, mollarni
boqish, o‘rmonlarni kesish va boshqa inson faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar
tuproqning hosil bo‘lish jarayonini o‘zgartirib, tuproqning sifatiga ta’sir
etadi. Inson tuproq hosil bo‘lish jarayonini ongli ravishda boshqarib, uning
unumdorligini oshiradi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot
davrida tuproqdan
foydalanishga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarmoqda. Shuning uchun tirik
65
organizmlarning yashash muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan
tuproqdan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va
botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish maqsadida
undan foydalanish qoidalari joriy qilingan.
Ma’lum hududda o‘sadigan o‘simliklarning xilma-xilligi tuproqning
strukturasi, kimyoviy tarkibi, pH kabi bir qancha ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Relyef, yerosti suvlarining joylashuvi kabi omillar ham tuproqning
xususiyat larini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida unda o‘sadigan o‘simlik
turlari xilma-xilligini ta’minlaydi. Quruqlikda
yashovchi hayvonlarga esa
tuproqning yuqorida keltirilgan xususiyatlari kamroq ta’sir etadi. Lekin
hayvon turlarining Yer yuzi bo‘ylab tarqalishi, xilma-xilligi o‘simliklar bilan
bog‘liq. Tuproqning hayvonlar harakatlanishiga ta’sir etuvchi xususiyatlari
ahamiyatli. Ochiq joylarda yashovchi va dushmandan katta tezlikda qochib,
qutulib qoladigan tuyoqli hayvonlar qattiq va zich tuproq yuzasidan itarilish
kuchi hisobiga o‘z tezligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: