12
ekologiyasi, baliqlar ekologiyasi, sutemizuvchilar ekologiyasi va boshqalarga
ajratiladi. Ekologiyada ko‘pgina amaliy yo‘nalishlar ham mavjud. Landshaft-
lar ekologiyasi inson faoliyati va tabiatni oqilona boshqarish bilan bog‘liq
ekologik o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun ilmiy asoslarni ishlab chiqish
bilan shug‘ullanadi. Sanoat ekologiyasi ekologik toza mahsulotlarni ishlab
chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Ijti-
moiy ekologiya atrof-muhitning insonga va jamiyatning tabiatga ta’sirini
o‘r ganadi. Matematik ekologiya sayyoramizning turli tabiiy hududlarida
organizmlarning son jihatdan taqsimlanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: