Toshkent moliya instituti «moliya» kafedrasi b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix02.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#137068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Нурмухаммедова.Б.-Хамдамов.Ш.-Давлат бюджети амалий машгулот учун кулланма

4.
 
Daromadlarni byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash asoslari. 
Auditoriyada bajarish uchun 1-topshiriq: 
1.
Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang 
va xulosa yozing 
2.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishining 
tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va xulosa yozing. 


15 
Auditoriyada bajarish uchun 2-topshiriq: 
1.
Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi? 
2.
Byudjet daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi? 
3.
To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aks ettiruvchi 
chizma tayyorlang va xulosa yozing. 
Auditoriyada bajarish uchun 3-topshiriq: 
1.
Davlat byudjeti daromadlariga Byudjet kodeksiga muvofiq qanday 
daromadlar kiritilgan? 
2.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati? 
3.
Soliqlarning xarakterli belgilari va funksiyalari? 
4.
Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma 
tayyorlang va xulosa yozing. 
Auditoriyada bajarish uchun 4-topshiriq: 
1.
Soliq tizimi deb nimaga aytiladi? 
2.
Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
3.
Soliq kodeksining tegishli moddalarini o‘rganish asosida soliqlarning turli 
belgilariga ko‘ra guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va xulosa yozing. 
Auditoriyada bajarish uchun 5-topshiriq: 
1.
Xodim mehnatiga 2022 yilning yanvar oyida 1500000 so‘m, fevral-aprel 
oylarida esa, 1650000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Xodimga yanvar oyida 2000000 
so‘mlik maishiy texnika sovg‘a qilingan. Yanvar-mart oylarida xodimdan 643993,64 
so‘m soliq, shu jumladan 5366,61 so‘m ShJBPJga ushlab qolingan bo‘lsa, Davlat 
byudjetiga xodimning daromadidan qancha miqdorda daromad solig‘i ushlab 
qolinadi? 
2.
Imtiyozga haqli bo‘lgan xodimga 2022 yilning yanvar oyida 1600000 so‘m, 
fevral-aprel oylarida esa, 1760000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Yanvar oyida unga 
nikohdan o‘tishi munosabati bilan 3500000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan va 
2700000 so‘m qiymatga ega sovg‘a topshirilgan. Agar yanvar-mart oylarida 
xodimdan 474551,98 so‘m, shu jumladan 3954,6 so‘m shaxsiy jamg‘arib boriladigan 


16 
pensiya jamg‘armasiga ushlab qolingan bo‘lsa, 2022 yilning aprel oyida xodimning 
daromadidan davlat byudjetiga qancha miqdorda soliq o‘tkaziladi? 
3.
Xodimning mehnatiga 2022 yilning yanvar oyi uchun 1100000 so‘m, fevral- 
aprel oylari uchun esa, 1200000 so‘mdan haq to‘langan. Xodim Toshkent shahrida 
joylashgan, maydoni 60 m
2
bo‘lgan turar joy binosini 2022 yilning 1-yanvaridan 
boshlab ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 3000000 so‘m ijara haqi oldi. 
Agar 2022 yilning yanvar-mart oylarida fuqarodan 420000 so‘m soliq, shu jumladan 
3500 so‘m shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga ushlab qolingan 
bo‘lsa, 2022 yilning aprel oyida xodimning daromadidan davlat byudjetiga qancha 
miqdorda soliq o‘tkazilishi lozim? 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin