Toshkent moliya instituti «moliya» kafedrasi b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix02.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#137068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Нурмухаммедова.Б.-Хамдамов.Ш.-Давлат бюджети амалий машгулот учун кулланма

Yechimlar va tavsiyalar: 
1.
Agar mahalliy byudjet biriktirilgan daromad bo’yicha rejadan ortiq mablag’ga 
ega bo’lgan taqdirda,mahalliy boshqaruv organi nazoratni qo’lga olgani maqsadga 
muvofiq va bu mablag’lar evaziga mahalliy obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berilishi 
kerak. 
Mahalliy obligatsiyalarning chiqarilishi mahalliy byudjetlarning ijrosi 
jarayonida yuzaga keladigan kassa farqlarini o’z vaqtida to’ldirish imkonini 
beradi.Bu esa,davlat byudjeti kassa ijrosining samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi.Shu o’rinda,mahalliy obligatsiyalar muomalasi barqarorligini ta’minlash uchun 
obligatsiyalarning daromadlilik darajasi va milliy valyuta almashuv kursi 
barqarorligiga intilish kerak. 
2.
Hozirgi davrda mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini shakllantirish 
maqsadida umumdavlat soliqlaridan ajratilayotgan mablag’lar barqaror ko’rinishga 
ega emas.Shu asnoda,ularning mahalliy moliya organlarining mahalliy byudjet 
daromadlarini oshirishda manfaatdorligini oshirish lozim. 
3.
Mahalliy byudjetlar uchun ajratiladigan mablag’lar faqat biriktirilgan 
daromadlari yetishmaydigan mahalliy moliya organlariga berilishi bunda 
G’aznachilik rolini yanada oshirish maqsadga muvofiq.Ko’rsatilayotgan xarajatlar 


19 
me’yorlari va tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalari me’yorlaridan foydalanish 
mahalliy byudjetlarga yetishmay turgan moliyaviy resurslarni aniqroq belgilash va 
zarur moliyaviy yordam miqdorini asoslashga imkon beradi. Mahalliy byudjetlar 
taqchilligiga yo’l qo’ymaslikning qonunda belgilab qo’yilganligini hisobga 
olib,maqsadli xarakterdagi subvensiyalarni moliyaviy yordamning asosiy shakli 
sifatida e’tirof etish joiz. 
4.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki,to’g’ri 
soliqlarning mahalliy byudjetlardagi ulushining yuqori bo’lishi daromad bazasining 
mustahkam ekanligini ko’rsatuvchi aspekti sifatida qaraladi.Shu sababli,ushbu 
ko’rsatkichning barqarorligiga erishish,mahalliy byudjetlarning daromad qismini 
barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
5.
Ajratiladigan mablag’lar bo’yicha hududiy moliya organlari taqsimot 
bo’yicha (hududlar bo’yicha moliyaviy holat,ekologik,demografik, hududlar aholisi 
soni omillari) aniq belgilanmaganligi va nobarqaror me’yoriy ko’rsatkichlar bo’yicha 
moliyaviy munosabatlar mavjudligi sir emas.Shu bois, sinchkov moliyaviy 
tekshiruvlarni olib borish va barqaror normativ ko’rsatkichlardan foydalanish lozim. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin