30
1.
Sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash
manbalarini yoritib
bering, Davlat va fuqaro uchun sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning
ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?
2.
Sog‘liqni saqlash tizimining jahon mamlakatlari tendensiyalari va talablari
nimadan iborat deb o‘ylaysiz?
3.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetiining sog‘liqni
saqlash xarajatlari-
ni rejalashtirish amaliyoti.
4.
O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiyot muassasalarini jon boshiga
qarab moliyalashtirishning amaliyotini so‘zlab bering.
Auditoriyada yechish uchun masalalar:
1-masala
Tibbiyot muassasasi xodimlariga Yagona Tarif Setkasining
tegishli razryadi
bo‘yicha tegishli koeffitsiyent bilan oylik lavozim okladini hisoblang,
jadvalni
ixtiyoriy ravishda davom ettiring:
Lavozim
razryad
tarif koeffitsienti
oylik lavozim okladi
Vrach
O‘rta tibbiyot xodimi
Kichik tibbiyot xodimi
…
2-masala
Quyidagi ma’lumotlar asosida kasalxonaning yillik oziq-ovqat xarajatlari
summasini hisoblang.
№
Ko‘rsatkichlar
1. Koykalarning o‘rtacha yillik soni
800 ta
2. Bir koykaning ishlash kunlari soni
305 kun
3. Imtiyozli koykalar soni - umumiy koykalar soniga nisbatan
35 foiz
4. Bir kunlik oziq – ovqat me’yori –
12000 so‘m
5. Oziq ovqat me’yorida nonushtaning ulushi –
30 foiz
Auditoriyada bajarish uchun topshiriqlar:
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
Davlat byudjeti
xarajatlari
tarkibida
madaniyat
xarajatlarining tutgan
o‘rnini aks ettiruvchi
jadval tayyorlang
Davlat madaniyat
muassasalarining
guruhlanishini aks
ettiruvchi
klasster
tuzing
San’at, televideniye,
radio,
matbuot
xarajatlarini
rejalashtirish va
moliyalashtirishning
o‘ziga xos
xususiyatlarini aks
ettiruvchi klasster
tuzing
Madaniyat
xarajatlarini
moliyalashtirishda
respublika byudjeti va
mahalliy
byudjetlarning
ishtirokini aks
ettiruvchi klasster
tuzing