19
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari ishtirokchilari:
jamiyatning yoki shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish;
ta‟sis hujjatlarida belgilab qo„yilgan tartibda shirkatning
yoki jamiyatning
faoliyati to„g„risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va
boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish;
shirkat yoki
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditlar bilan hisob-kitob qilin-
gandan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga
haqlidirlar;
xo„jalik jamiyati va shirkati ishtirokchilari ta‟sis hujjatlarida
nazarda tutilgan
tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo„shadilar;
shirkat yoki jamiyat to„g„risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari
shart.
Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari
faoliyat prinsiplari, ishtirokchilarning
o„zaro munosabati va ularning haq-huquqlarini aniqlaydigan asosiy hujjat ta‟sis
shartnomasi va nizom bo„lib, u barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi.
Dostları ilə paylaş: